Tafakkurni diagnostika qilish metodlari «Ob'ektlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarni ta'riflash» metodikasi
Download 286.87 Kb. Pdf ko'rish
|
Хайдарова лола. 8
Natijani baholash
Agar to‘plangan ballar 10 ga teng bo‘lsa, ko‘rgazmali-harakat tafakkuri juda Yuqori darajada rivojlangan. Berilgan vaqt davomida bola vazifani to‘g‘ri hal qilib, 4,8-8,0 ball to‘plagan bo‘lsa bu tafakkur turi yuqori darajada rivojlangan. 1,5-3,5 ball – bu tafakkur turining o‘rtacha rivojlanganligini bildiradi, bola maktab ta’limiga tayyor hisoblanadi. 1,5 ballgacha – ko‘rgazmali-harakat tafakkuri yaxshi rivojlanmagan, bola maktab ta’limiga tayyor emas. Klassifikatsiya Guruhlar bo‘yicha klassifikatsiya qilish metodikasi birinchi marta K.Goldstein (1920) tomonidan taklif etilgan bo‘lib, keyinchalik L.S.Vigotskiy (1934) va B.G.Zeygarnik (1958) tomonidan o‘zgartirilgan. Metodika umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlari darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Shu bilan tajriba vaziyatida topshiriqni bajarayotganda sinaluvchi xulq-atvor xususiyatlari, uning xatolarga munosabati hamda yordam berilganda, ularni kuzatish qobiliyatlari ko‘rinadi. Tajriba o‘tkazish uchun har xil predmetlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning rasmlari tasvirlangan kartinkalar kerak bo‘ladi. Bunda rasmlarda B.V.Zeygarnik (1958) taklif etgan rangli bezash, turli umumlashtirish darajalari aks etgan bo‘lishi kerak. Bog‘cha bolalarini tekshirishda (S.YA.Rubinshteyn, 1970) kartochkalarning ba’zilaridan (o‘lchash asboblari, o‘quv qurollari) foydalanmaslik kerak, chunki bolalar ular haqida hech qanday tasavvurga ega emaslar. Bu metodikalarning boshqa variantida predmetlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning nomlari kartochkalarga yozilgan bo‘lishi mumkin. Bu (og‘zaki) variantini kattaroq bolalarni (3–4-sinf o‘quvchilarini) tekshirishda qo‘llash mumkin. Shunday qilib, metodikaning birinchi varianti predmetli klassifikatsiya, ikkinchi varianti – og‘zaki klassifikatsiyadir, ikkala variant ham bolalarning umumlashtirish, yangi tushunchalarni shakllantirish qobiliyatini aniqlaydi. Sinaluvchiga quyidagi qo‘llanma beriladi: «Hozir siz turli predmetlar, o‘simliklar, hayvonlar, tevarak atrofdagi barcha narsalar tasvirlangan kartochkalar to‘plamini olasiz. Siz ularni qaysi narsa nimaga kirishiga qarab guruhlarga ajratasiz». Keyin tadqiqotchi bir kartochkani olib sinaluvchidan unda nima tasvirlanganini so‘raydi. To‘g‘ri javob olgach, uni bir tomonga qo‘yib qo‘yadi. Keyin navbatdagi kartochkani olib, unda nima tasvirlanganini ham aniqlaydi. Bu tasvirlar bir-biriga qanchalik o‘xshashligi va farq qilishi ularni bir guruhga kiritish mumkinligini aniqlaydi. Sinaluvchi ko‘rsatmani tushunib, kartochkalarni mustaqil guruhlarga ajrata boshlaganidan so‘ng, tadqiqotchi tomonidan ko‘rsatiladigan yordam to‘xtatiladi. Klassifikatsiya metodida og‘zaki metodni qo‘llashda ham Yuqoridagi kabi ko‘rsatma beriladi. Bunda tadqiqotchi sinaluvchiga predmetlarning belgilari va xususiyatlarini ko‘rsatib, bir guruhga kiritish kerakligi haqida yo‘l-yo‘riq bermasligi kerak. Predmetli klassifikatsiya bo‘yicha tajribalar 3 guruhda bajariladi. Birinchi bosqichda sinaluvchi kartochkalarni ko‘rsatma bo‘yicha ajratadi. «Tadqiqotchi tadqiqot qarorida sinaluvchi harakatlarini, ajratish xususiyatlari (masalan, «shkaf», «pal’to» «velosiped» va «sportchi» kartochkalarini qaysi guruhga kiritganligi)ni yozib boradi. Barcha kartochkalar guruhga ajratib bo‘linganidan so‘ng ikkinchi bosqichga o‘tiladi. Bir turdagi belgilariga ko‘ra kartochkalarni kattaroq guruhlarga birlashtirish haqida sinaluvchiga qo‘llanma beriladi. Ikkinchi bosqich sinaluvchi o‘z harakatlarni to‘g‘rilashga kirishganidan boshlanadi. Sinaluvchi ko‘rsatilgan yordamni qanday qabul qilishiga, o‘xshash xatolarni to‘g‘rilay olishiga e’tibor qaratiladi. Bu bosqich eng uzoq davom etadi, chunki bu bosqichda topshiriqni bajarish davomida nima uchun har bir kartochka u yoki bu guruhga kiritilganligi aniqlanib, barcha harakatlar batafsil yozib boriladi. Sinaluvchi u yoki bu kartochkani bir guruhga kiritilganligiga emas, sinaluvchining tushunchalarni umumlashtirish qobiliyati ham aniqlanadi. («mebel’», «uy hayvonlari», «transport» va boshqalar). Sinaluvchi uchinchi bosqichda rasmlar guruhini birlashtirib, yanada kamroq guruhlar qolishi kerak va ularni qandaydir tushuncha bilan umumlashtirish kerak. Ba’zan qo‘llanmada «o‘simliklar», «hayvonlar», «jonsiz predmetlar», «odamlar» deb guruhlar soni aniq ko‘rsatiladi. Tadqiqotchi sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan vaqtda tadqiqot qarorini to‘ldirib borishi zarur (17-jadval). Predmetli klassifikatsiya bo‘yicha tadqiqot qarori Tadqiqotchi harakatlari Sinaluvchi harakatlari Sinaluvchi tushuntirishlari Klassifikatsiya metodikasidagi og‘zaki usul qo‘llanganda sinaluvchi aniq tushunchalar, so‘zlarni guruhlarga ajratishi kerak. Bu erda rasmning ta’siri yo‘q bo‘lib, sinaluvchi so‘zlarning mazmunini yaxshi tushunadi, atrofdagi predmet va hodisalar haqida ma’lum bilimlarga ega bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda klassifikatsiyaning bu usulida sinaluvchi predmetlarni o‘ziga ma’lum guruhlarga ajratish qobiliyati osonlik bilan aniqlanadi. Tadqiqotchi sinaluvchi bilan birga tadqiqot natijalarini muhokama qilganda uning tafakkur jarayonlari xususiyatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot oladi. Yuqorida qayd etilgan usullardan tashqari umumlashtirish geometrik figuralarni klassifikatsiya qilish metodikasi (Yu.F.Polyakov, 1954) ham qo‘llanishi mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 3 belgisiga: rangiga, shakliga, kattaligiga ko‘ra farqlanadigan geometrik figuralar tasvirlangan 2 ta to‘plam (har birida 24 tadan kartochka bor) kerak bo‘ladi. Geometrik figuralarning birinchi to‘plami erkin jadval sifatida bo‘lishi mumkin (8-ilova). Ikkinchi to‘plamda xuddi shu geometrik figuralar tasvirlangan alohida kartochkalar bo‘lib, bolaga belgilari bo‘yicha guruhlash uchun beriladi. Tajriba boshida sinaluvchiga namuna 30 soniya ko‘rsatiladi va unga berilgan alohida kartochkalarni o‘xshash belgisiga ko‘ra 2 guruhga ajratish kerakligi aytiladi. Tadqiqot qarorida ajratishga ketgan vaqt, xatolar xarakteri qayd etiladi. Tajriba jarayonida umumlashtirish qobiliyatini shakllantirish bo‘yicha o‘rgatuvchi dars elementlaridan foydalanish mumkin. Download 286.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling