Tafakkurni diagnostika qilish metodlari «Ob'ektlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarni ta'riflash» metodikasi


Download 286.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi286.87 Kb.
#1484658
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Хайдарова лола. 8

Ortiqchasini o‘chirish 
Ortiqchasini o‘chirish metodikasi umumlashtirish va chalg‘ish, muhim belgini 
ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Bu 
metodikaning ham ikki turi bor: predmetli va so‘zli. 
Metodikaning predmetli turida qo‘zg‘atuvchi material alohida qog‘ozlarda 
berilishi zarur. Har bir qog‘ozda (kartochkada) 4 ta predmet tasvirlangan (8-
ilova). Rasmlar oq-qora rangli bo‘lishi mumkin. Sinaluvchi 4 ta predmetdan, 
umumiy belgi bo‘yicha birlashuvchi 3 tasini tanlashi kerak. Odatda quyidagi 
ko‘rsatma beriladi:
«Bu rasmlarga diqqat bilan qarang. Bu erda 4 ta predmet tasvirlangan, siz 3 ta 
predmetni birlashtirib turadigan narsani topib, unga nom berishingiz kerak, bir 
predmet bu guruhga kirmaganligi uchun uni o‘chirish kerak». Tadqiqotchi 
birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan birga bajaradi, keyin u mustaqil ishga 
kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni tekshirishda foydalanish 
mumkin. Metodikaning og‘zaki variantini 11-12 yoshdan katta bolalar uchun 
qo‘llash mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun so‘zlar qatori yozilgan maxsus toza 
varaq kerak bo‘ladi. Qo‘llanma: «Har bir qatorda 5 ta so‘z bor, 4 ta so‘zni bir 
guruhga kiritib, bu guruhga nom bering, bir so‘z ortiqcha bo‘lib, uni o‘chirish 
kerak». 
Stol, stul, karovat, pol, shkaf. 
Sut, qaymoq, qatiq, suzma, go‘sht. 
Botinka, etik, bog‘ich, tufli, shippak. 
Bolg‘a, arra, mix, bolta, randa. 
Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho‘r. 
Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli. 
Samolyot, arava, odam, kema, velosiped 
Abror, Murod, Aziz, Asqarov, Nabi. 
Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr. 


Pal’to, plash’, ko‘ylak, tugma, shim. 
Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt. 
Tajriba natijalari tadqiqot qarorida qayd etiladi (18-jadval). 
 
Ortiqchasini o‘chirish metodikasi bo‘yicha topshiriqlarni bajarish qarori 
sxemasi 
Kartochka № 
O‘chirilgan 
predmet 
Ajratilgan guruh 
(umumlashtiruvchi 
so‘z) 
To‘g‘ri va noto‘g‘ri echimlar bilan birga sinaluvchi qo‘llanmani qanday 
tushunganligi, o‘rgatuvchi darslardan so‘ng o‘z xatolarini to‘g‘rilanganligi 
haqida ham qayd etiladi. Sinaluvchining topshiriqni echishda o‘z usulini 
tushuntirishiga ham e’tibor berish zarur. 

Download 286.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling