Tafakkurni diagnostika qilish metodlari «Ob'ektlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarni ta'riflash» metodikasi
Rivojlanish darajasi haqida xulosa
Download 286.87 Kb. Pdf ko'rish
|
Хайдарова лола. 8
Rivojlanish darajasi haqida xulosa:
7,7 ball va undap ko‘p – juda Yuqori; 5,7-7,6 ball – Yuqori; 2,5-5,6 ball – o‘rtacha; 0,9 -2,4 ball – past; 0,8 baldan kam– juda past. Bunda 7,7 – 10.0 gacha oraliqdagi ballar yig‘indisi juda yaxshi natijani ko‘rsatib, bolaning matematik qobiliyati kuchli ekanligidan dalolatdir. 5,7-7,6 gacha oraliqdagi ballar ko‘rsatkichi yaxshi natijani bildirib, bolaning matematik qobiliyati o‘rtacha ekanligini ko‘rsatadi. 2,5-5,6 gacha oraliqdagi ballar bolaning matematik qobiliyatlarini kuchsiz ekanligini ko‘rsatadi. 0,9-2,4 gacha oraliqdagi ballar natijasi bolaning matematikani o‘zlashtirish uchun qobiliyatsizligidan dalolat beradi. 0,8 dan oz natija ko‘rsatkichi bolaning matematik tafakkuri rivojlanishdan orqada qolganini bildiradi. «Rubik kubiklari» Bu metod bolaning ko‘rgazmali-harakat tafakkurining rivojlanish darajasini tashxis qilish uchun mo‘ljallangan. Bizga tanish bo‘lgan Rubik kubiklaridan foydalanib, bolaga murakkablik darajasi har xil bo‘lgan amaliy vazifalar beriladi, bu vazifalarni tig‘iz vaqt sharoitida echish taklif qilinadi. Quyida shunday topshiriqlardan 9 tasi keltirilgan va so‘ngida qavs ichida ballar miqdori ko‘rsatilgan. Ushbu ballar bola 1 daqiqada echgan topshiriq soni bilan belgilanadi. 9 ta masalani echish uchun 9 daqiqa vaqt beriladi. Eslatma: 1 topshiriqni echgandan so‘ng ikkinchisiga o‘tishda Rubik kubiklari rangi o‘zgartirilib beriladi. 1-topshiriq: Bir xil rangdagi 3 ta kvadratdan xohlagan Yuzasi bilan ustuncha chiziqcha shaklini yasash (0,3 b). 2-topshiriq: Bir xil rangdagi kvadratlardan xohlagan Yuzasi bilan 2 ta ustuncha 2 ta chiziqcha yasash (0,5 b). 3-topshiriq: Bir xil rangdagi kvadratchalardan kubikning bir tomonini yasash (0,7 b). 4-topshiriq: Ma’lum bir rangda yuza yasash va unga 1 ta chiziqchani ustunchani 3 ta kvadratlardan yasab yondashtirish (0,9 b). 5-topshiriq: Kubikning yuzasini to‘la yig‘ib, unga qo‘shimcha xuddi shu rangda 2 ta chiziqcha ustuncha yasab yondashtirish (1,16). 6-topshiriq: Kubikning 2 ta yuzasini bir xil rangdagi kvadratlardan yasash (1,3 b). 7-topshiriq: 2 ta yuzasi bir xil 2 ta kubik yasash va undan tashqari xuddi shu rangdagi kvadratlardan bir ustun bir chiziqcha yasash (1,5 b). 8-topshiriq: Bir xil rangdagi kvadratlardan 2 ta kubik yuzasi yasab, yoniga o‘sha rangda bir xil 2 ta chiziqcha ham qo‘yish (1,7 6). 9-topshiriq: Kubikning 3 ta yuzasini bir xil rangda yasash (2,0 b). Download 286.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling