Tafakkurni diagnostika qilish metodlari «Ob'ektlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarni ta'riflash» metodikasi


Download 286.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana15.06.2023
Hajmi286.87 Kb.
#1484658
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Хайдарова лола. 8

 Muhim belgini ajratish 
Bu metodika tafakkur xususiyatlarini, predmetlarning muhim belgilarini 
ajratish qobiliyatini tekshirishda foydalaniladi. Ajratiladigan belgilarni 
xarakteriga ko‘ra, tafakkur uslubi, ya’ni aniq va mavhum tafakkurning 
ustunligi haqida bilish mumkin. Bu metodikani 3–4-sinf o‘quvchilarini 
tekshirishda qo‘llash mumkin.
Tajriba o‘tkazish uchun maxsus toza varaqqa yozilgan so‘zlar kerak bo‘ladi. 
Ko‘rsatma: «Har bir qatorda bir asosiy so‘z va 5 ta unga tegishli so‘z qavs 
ichida beriladi. Bu so‘zlardan qavs oldida turgan so‘zga ko‘proq aloqador 
bo‘lgan ikki so‘zning tagiga chizish kerak». 
1. Bog‘ /daraxt, bog‘bon, qo‘rg‘on, er/ 
2. Daryo /sohil, baliq, baliqchi, suv, suv o‘tlari/ 
3. Shahar /avtomobil’, bino, velosiped, ko‘cha, olomon/ 
4. Omborxona /pichanxona, ot, tom, mol, devorlar/ 
5. Kitob /rasmlar, urush, qog‘oz, sevgi, matn/ 
6. O‘yin /shaxmat, o‘yinchilar, jarimalar, jazo, qoida/ 
7. Musiqa /ovoz, san’at, jarang, olqishlar, kuy/ 
8. O‘qish /ko‘z, asar, kitob, rasm, so‘z/ 
9. Kubik /burchaklar, chizma, tomonlar, tosh, daraxt/ 
10. Kasalxona /xona, bog‘, vrach, radio, bemorlar/ 


11. 
Bo‘lish /sinf, bo‘linuvchi, qalam, bo‘luvchi, qog‘oz/ 
12. 
Sport /medal’, orkestr, musobaqa, g‘alaba, stadion/ 
Topshiriqni bajarishda sinaluvchining ko‘rsatmani tushunganligi, yo‘l 
qo‘ygan xatolariga e’tibor qilinadi. Agar sinaluvchi topshiriqni bajarish 
shartlarini tushunmagan bo‘lsa, tadqiqotchi dastlabki ikki misolda topshiriqni 
qanday bajarish zarurligini ko‘rsatib beradi. Barcha hollarda sinaluvchining 
topshiriqni qanday bajarganligini muhokama qilish zarur. Ba’zi muhokama 
jarayonida sinaluvchi qo‘shimcha fikrlar bildiradi, xatolarni to‘ldiradi. 
Sinaluvchining xatolari aniq-vaziyatli tafakkur xususiyatlarini aks ettirishi 
bilan, shoshmashosharlik natijasi bo‘lishi mumkin. 

Download 286.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling