Tafakkurni diagnostika qilish metodlari «Ob'ektlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarni ta'riflash» metodikasi
Download 286.87 Kb. Pdf ko'rish
|
Хайдарова лола. 8
Ortiqchasini o‘chirish
Ortiqchasini o‘chirish metodikasi umumlashtirish va chalg‘ish, muhim belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Bu metodikaning ham ikki turi bor: predmetli va so‘zli. Metodikaning predmetli turida qo‘zg‘atuvchi material alohida qog‘ozlarda berilishi zarur. Har bir qog‘ozda (kartochkada) 4 ta predmet tasvirlangan (8- ilova). Rasmlar oq-qora rangli bo‘lishi mumkin. Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo‘yicha birlashuvchi 3 tasini tanlashi kerak. Odatda quyidagi ko‘rsatma beriladi: «Bu rasmlarga diqqat bilan qarang. Bu erda 4 ta predmet tasvirlangan, siz 3 ta predmetni birlashtirib turadigan narsani topib, unga nom berishingiz kerak, bir predmet bu guruhga kirmaganligi uchun uni o‘chirish kerak». Tadqiqotchi birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan birga bajaradi, keyin u mustaqil ishga kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni tekshirishda foydalanish mumkin. Metodikaning og‘zaki variantini 11-12 yoshdan katta bolalar uchun qo‘llash mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun so‘zlar qatori yozilgan maxsus toza varaq kerak bo‘ladi. Qo‘llanma: «Har bir qatorda 5 ta so‘z bor, 4 ta so‘zni bir guruhga kiritib, bu guruhga nom bering, bir so‘z ortiqcha bo‘lib, uni o‘chirish kerak». Stol, stul, karovat, pol, shkaf. Sut, qaymoq, qatiq, suzma, go‘sht. Botinka, etik, bog‘ich, tufli, shippak. Bolg‘a, arra, mix, bolta, randa. Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho‘r. Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli. Samolyot, arava, odam, kema, velosiped Abror, Murod, Aziz, Asqarov, Nabi. Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr. Pal’to, plash’, ko‘ylak, tugma, shim. Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt. Tajriba natijalari tadqiqot qarorida qayd etiladi (18-jadval). Ortiqchasini o‘chirish metodikasi bo‘yicha topshiriqlarni bajarish qarori sxemasi Kartochka № O‘chirilgan predmet Ajratilgan guruh (umumlashtiruvchi so‘z) To‘g‘ri va noto‘g‘ri echimlar bilan birga sinaluvchi qo‘llanmani qanday tushunganligi, o‘rgatuvchi darslardan so‘ng o‘z xatolarini to‘g‘rilanganligi haqida ham qayd etiladi. Sinaluvchining topshiriqni echishda o‘z usulini tushuntirishiga ham e’tibor berish zarur. Download 286.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling