Tafakkurning mantiqiy shakllari


Ko‘rgazmali – obrazli tafakkur


Download 51.5 Kb.
bet4/4
Sana09.02.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1182057
1   2   3   4
Bog'liq
TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLLARI

Ko‘rgazmali – obrazli tafakkur. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda asosan bog‘cha yoshidagi bolalarda namoyon bo‘ladi. Ularda tafakkurning harakatli shakllari saqlanib qolsa ham, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzaga chiqmaydi. Endi bola narsa va hodisalarning bevosita idrok qilinmayotganligidagi obraziga suyanib fikr yuritadi. Agar shu yoshdagi bolaga ikkita bir xil hajmdagi hamirdan qilingan soqqa ko‘rsatilsa, u ularning tengligini aytadi. Keyin ularning ko‘z o‘ngida sokqalardan biron shakliga keltiriladi. Bolalar yassilantirib, non shakliga keltirilgan soqqani ko‘p, katta deb ko‘rsatadilar (J.Piaje tajribalaridan).
Mavhum (nazariy) tafakkur. Bolalarning amaliy va ko‘rgazmali-obrazli tafakkuri asosida ularda mavhum tafakkur shakllanadi. Bu mavhum tushunchalarga asoslangan tafakkur. Bolalarning juda ko‘plab fanlardan o‘quv predmetlaridan oladigan bilimlari mavhum tushunchalar yordamida ifodalangan. Predmet va hodisalar o‘rniga ularning nomlari (so‘z-belgi) qo‘llaniladi. Mavhum tafakkur endi bolaga endi o‘zi yo‘q predmetlar bilan ham so‘zlar yordamida (nomlari) ishlash, ular ustida fikr yuritish, tafakkur operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Shu sababli mavhum tafakkur o‘quvchining o‘quv va faoliyatida eng muhim o‘ringa ega. Maktabning, pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning mavhum tafakkurini rivojlantirish, ularda to‘g‘ri shallangan tushunchalar tizimini hosil qilishdan iboratdir.
Tafakkurning individual xususiyatlari. Turli kishilarda tafakkur xususiyatlar turlicha tarkib topgan va turlicha namoyon bo‘ladi. Biri kishining o‘zida ham tafakkurning turli xususiyatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Bularning hammasi tafakkurning individual xususiyatlarining asosini tashkil qiladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik darajasi, epchillik, fikrlashning tezligi kabilar kiradi.
Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko‘ra bilish va qo‘ya bilishda, undan so‘ng esa uni o‘z kuchi bilan yecha bilishda namoyon bo‘ladi. Tafakkurning mustaqilligida uning ijodiy xarakteri o‘z ifodasini topgan.
Tafakkurning ixchamligi shundan iboratki, maslani yechishning boshda belgildangan yo‘li (rejasi) asta-sekin yuzaga chiqadigan, avvaldan hisobga olib bo‘lmaydigan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo‘lni o‘zgartira olishdan iboratdir.
Fikrning tezligi biror qarorni qisqa muddat ichida qabul qilingan hollarda talab qilinadi.
Tafakkurning yuqorida ko‘rsatilgan barcha va boshqa juda ko‘p sifatlari uning asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog‘liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning ayrim individual xususiyatlaridan kat‘iy nazar, muhim tomonlarini ajratib, mustaqil ravishda tobora umumlashtirishga kela bilishdan iborat.
Adabiyotlar:



  1. Umumiy psixologiya. A. V. Pеtrovskiy taxr. T.1992.

  2. Grimak L. P. Rеzеrvo` chеlovеchеskoy psixiki. M.1989.

  3. Kazakov V.G. Psixologiya. M.1989.

Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling