Tafovutlari va ularni guruhlashtirish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
farg-ona-viloyatida-turizm-rivojlanishining-hududiy-tafovutlari-va-ularni-guruhlashtirish
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 763 w www.oriens.uz April 2021 rivojlanganligi sababli, tumanlar o‟rtasida keskin tafovut vujudga keladi. Natijada tuman areallarida nomutanosiblik shakllanib, bir-biridan uzoqda, o‟zaro bog‟lanmagan hududlar shakllanib qoladi. Bunday hududlarni turistik tarqoq yoki uzuq areallar deb nomlash maqsadga muvofiq. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‟rsatadiki, turistik jihatdan rivojlanish viloyatning hududiy birliklarida o‟ziga xos hususiyat kasb etib, rivojlangan turizm turi, tashrif buyuruvchilar soni, infrastruktura shakllanganligi, undan olinadigan daromad ko‟rsatkichlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Bunday hududiy tafovutlarni moslashtirish va umumiylashtirish maqsadida guruhlarga ajratish yaxshi samara beradi. Farg‟ona viloyatini turistik jihatdan baholash va guruhlashtirishda hududda mavjud turistik resurslar soni, tashrif buyurgan umumiy turistlar soni, tashrif buyuruvchilarning yosh hususiyatlari, tashrif buyurishdan maqsad, joylashtirish obyektlari ko‟rsatkichlari asosiy indeks hisoblangan. Viloyat hududini turistik jihatdan guruhlashtirish kelajakda qaysi hududlarda iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi, qaysi hududlarga ko‟proq e‟tibor qaratishni, viloyatda qaysi turizm yo‟nalishiga va guruhlariga ko‟p e‟tibor qaratishni aniqlab beradi va umumiy rivojlanishga o‟z ta‟sirini ko‟rsatadi. Viloyatning turistik ko‟rsatkichlari holatini o‟rganish, uni tahlil qilish hamda indeks ko‟rsatkichini ishlab chiqish har bir hududni alohida baholashga xizmat qiladi. Jadval ma‟lumotlariga ko‟ra Qo‟qon, Farg‟ona va Marg‟ilon shaharlari ko‟rsatkichlari viloyat ko‟rsatkichidan yuqoriligi aniqlandi. Bu hududlarni tadqiqot ishining oldingi boblarida ham tavsiflab o‟tilgan bo‟lib, ularda avvalo shahar turmush tarzining tarixan shakllanganligi, turistik resurslar bilan boshqa hududlarga nisbatan ko‟proq ta‟minlanganligi, iqtisodiy markaz vazifasini bajarishi kabi xususiyatlari ushbu hududlarning turistik jihatdan qulayligini ifodalaydi. Turistik guruhlashtirish hududiy yaxlitlikka, aniq chegaralarga bo‟ysunmasada, o‟rganish va tahlil ma‟muriy birliklar(shahar va tumanlar)ga asosan olib borildi. Viloyat hududida mavjud vaziyatda hududiy tafovutlar yuqori bo‟lib, guruhlarga ajratishda ko‟plab muammolar ko‟zga tashlandi. Shu sabab shahar va tumanlarning 5ta indeks bo‟yicha umumiy ko‟rsatkichlarini hisobga olib (Farg‟ona viloyatining o‟rtacha ko‟rsatkichlari asos qilib olindi- viloyatda turistik obyektlar bilan o‟rtacha ta‟minlanish ko‟rsatkichi - 22ta, Turistik firmalar soni -1ta, joylashtirish obyektlari -3ta, sotilgan sayyohlik yo‟llanmalari soni – 339ta ) quyidagicha guruhlashtirildi: Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling