Tafovutlari va ularni guruhlashtirish


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1050718
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
farg-ona-viloyatida-turizm-rivojlanishining-hududiy-tafovutlari-va-ularni-guruhlashtirish

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Har bir ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirish jarayonida o‟rganilayotgan 
hududni yanada mukammal tadqiq etish, asosiy muammo va yechimlarni aniqlash 
uchun hudud xususiyatlaridan kelib chiqib rayonlarga ajratish yaxshi samara beradi. 
O‟zbekiston Respublikasida Geografiya fanlar tizimida shu paytga iqtisodiy va tabiiy 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
762 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
jihatdan bir necha marta har xil soha va yo‟nalishlarga oid rayonlashtirish ishlari 
amalga oshirilgan. Masalan A.Soliyev hududni iqtisodiy mezonlar asosida iqtisodiy 
rayonlashtirgan (1998yil), T.Djumayev tadqiqotlarida O‟zbekiston tog‟li hududlari 
ekologik va iqtisodiy-geografik rayonlashtirishni amalga oshirgan (2004 yil), 
N.Komilovaning ilmiy ishlarida tibbiy-geografik rayonlashtirishga sos solingan 
(2012 yil), Z.Tojiyevaning tadqiqotlarida esa demografik rayonlashtirish amalga 
oshirilgan (2017 yil).
Ammo ba‟zi hollarda o‟rganilayotgan hudud yoki uning ayrim qismlari o‟zaro 
bog‟lanmaydi, yoki bir-biriga o‟xshash xususiyatlarni namoyon qilmaydi. Bunday 
holatlarda guruhlarga ajratish va ularni taqqoslash mazkur holat uchun eng qulay 
yechim sifatida baholanadi. Bunday holat hududiy jihatdan turli tuzilishga ega, 
iqtisodiy holati ham turlicha shakllangan Farg‟ona viloyati hududlarini turistik 
jihatdan o‟rganishda ham yaqqol aks etadi. Shu nuqtai nazardan mazkur tadqiqot 
ishida turistik hududlarni rayonlarga ajratish emas, balki guruhlarga ajratish asos 
sifatida olindi.
Turistik guruhlashtirish – bu hududlarni turistik resurslar bilan 
ta‟minlanganlik darajasi, salohiyati, ularning rivojlanish darajasi, yillik turistik 
sig‟imi va imkoniyatlari bilan bog‟liq sabablar hamda holatlari bir-biriga o‟xshash 
hududlarga ajratishdir. Bu kabi guruhlashtirishga odatda hududlardagi ma‟lum bir 
davrda va shu hududgas xos ko‟rsatkichlar asos qilib olinadi. Bu esa hududni 
iqtisodiy-ijtimoiy holatini, turistik-rekreatsion vaziyatini baholashda muhim ro‟l 
o‟ynaydi.
Turistik infratuzilmani shakllantirish, uning hududiy rivojlanishi va 
iqtisodiyotga ta‟sirini o‟rganish, turizmga ta‟sir etuvchi tabiiy-ekologik, iqtisodiy 
omillarni baholashda teristik-rekreatsion guruhlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Viloyatning o‟ziga xos geografik joylashuvi, reyef xususiyatlari, iqtisodiy holati va 
aholi joylashuvi o‟ziga xos hududiy tafovutlarni vujudga keltirgan va bu turistik-
rekreatsion guruhlarga ajratishda bir muncha noqulayliklarga sabab boladi. Shu sabab 
viloyat hududini guruhlarga ajratishda turistik resurslar bilan ta‟minlanish darajasi, 
turistik resurs turlari, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi asosida guruhlarga 
bo‟lib tadqiq etiladi. Guruhlashtirish o‟z mohiyatiga ko‟ra bir necha xil bo‟lishi 
mumkin, ya‟ni unda viloyat yoki tuman hududiga yillik tashrif buyuradigan 
turistlarning umumiy koeffitsienti asosida tuziladi. Guruhlashtirishning foydalanish 
qulay bo‟lgan turlaridan biri mintaqalarda mavjud ayrim turizm turlari, ularning 
areallarini aniqlash hisoblanadi. Lekin shuni alohida takidlash zarurki turistik 
guruhlashtirish juda murakkab bo‟lib, viloyat hududi turistik resurslar bilan bir xil 
darajada ta‟minlanmaganligi, ba‟zi tumanlarda faqatgina 2-3ta turizm turigina 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling