Tahdid razvedkasi texnologiyasi fanidan 1-2-3-Amaliy ish
Download 1.71 Mb.
|
1-2-3-amaliy=ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. VirusTotal
- 2. MetaDefender
- 3. Panda Cloud Cleaner
2-Amaliy ish.
Mavzu: Internetdagi antivirus xizmatidan foydalanib, fayllarni viruslardan onlayn tekshirish. Onlayn skanerlarni ko‘pchilik to‘laqonli deb hisoblamaydi, yana undan foydalanish uchun barqaror va tezkor internet zarurligi ham bor. Shunga qaramasdan, ular kompyuteringiz xotirasini va tizim resurslarini band etmasligi hamda hamisha so‘nggi viruslardan ham boxabarligi tufayli ahamiyatga loyiq. Demak, internet ulanishi orqali kompyuteringizdagi viruslarni aniqlab beruvchi beshta bepul servisni e’tiboringizga havola etamiz. 1. VirusTotal Bu – eng qudratli onlayn skanerlardan biri bo‘lib, URL-manzil, IP, domen yoki faylning xesh-summasi orqali ham viruslarga qarshi tekshira oladi. Bulardan tashqari, VirusTotal servisida standart shakldagi – faylning o‘zini serverga yuklab tekshirish uslubi ham mavjud. Mazkur servis yetmishdan ziyod turli skanerlar va xizmatlarni jalb etgan holda tekshiruv o‘tkazadi. VirusTotal shunchaki virusning mavjudligi haqida xabar beribgina qolmasdan, ziyonkor dasturiy ta’minotning aniq nomini va klassifikatsiyasini ham aniqlab ma’lum qiladi. Uning xizmatidan foydalanish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. 2. MetaDefender Garchi tekshiruvda qo‘llaniladigan skanerlari va xizmatlari soniga ko‘ra VirusTotal servisidan qolishadigan bo‘lsa-da, MetaDefender servisining muhim bir o‘ziga xosligi mavjud. Ya’ni, mazkur servisning o‘zi ishlab chiqqan Deep CDR uslubi viruslarni aniqlashda katta o‘rin tutadi. Fayllaringizni MetaDefender yordamida tekshirish uchun ushbu havola orqali mazkur servisni ochasiz. 3. Panda Cloud Cleaner Mazkur servis majmuaviy yechim taklif qiladi – butun tizimni virusga qarshi tekshirib bera oladi. Unda tekshirish uchun servisning ixcham kliyentini ko‘chirib olish kerak bo‘ladi, u tekshiruvni boshlashdan oldin barcha keraksiz jarayonlarni o‘chirib qo‘yishga ham yordam beradi. Bundan tashqari, kompyuterni bloklab qo‘yuvchi viruslardan aziyat chekayotganlar uchun Panda Cloud Cleaner yordamida tizimni yuklovchi fleshka yaratish imkoni ham bor. Mazkur servisdan foydalanib ko‘raman desangiz – mana havolasi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling