Tahririyatga maktub
-Fasl. Buyuk qalb va jasorat egasi
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
12-Fasl. Buyuk qalb va jasorat egasi.
Ha, ustozlarimiz buyuk jasorat egasi. Bugun biz XXI asrda yashayapmiz, zamon esa shiddat bilan o’zgarib bormoqda, u betinim evrilishda. O’qituvchi, muallim, ustoz bu har bir kishi uchun dilga yaqin, qalbga taft beradigan so’zlar. Qanday yoqimli so’zlar. Shutobda ustozim Zaynab opa esimga tushib ketdilar. Birinchi sinfga qadam qo’yib ilk bor bu ko’zlarim ustozim Norvoy akaga ko’zim tushgandi. Hali murg’akkina navnihol bo’lib, maktab ostonasiga qadam bosib qo’llarimga qalam ushlatib meni xuddi o’z farzandidek ardoqlaguvchi bu muallimlar mening suyanchig’im, ziyokorim bo’lgan. Yana bu aziz ustozlarimdan tashqari menga alifbeni tanitib, harflarni o’rgatgan, tashabbuskor, yangilikka intiluvchi, ijod va izlanishni hayotining mazmuniga aylantirgan bu mening volidam onam bo’ladi. O’z ishini sevuvchi , menga bilim bilan birga chin insoniylikdan dars bergan bu mening mehribon ham ustozim ham padari buzrukvorim otam bo’ladi. 1-oktabrni mana shu o’y fikrlar xotiralarim asnosida hamxonalarimga so’zlab berish bilan o’tkazdim. Aslida sog’inchning o’zi ham bir baxt ekanligiga yana bir karra amin bo’ldim. Balki, sog’inchning ham bunday ilohiy bir tuyg’usi borligini ozodlikda yurgan chog’larim ilg’amagandirman. Taqdir berganiga sabr qilamiz, Bu kunlar ham bir kun o’tib ketadi. Ezgu tilaklardan yorishsin dillar, Ozodlik ham bir kun nasib etadi. Kunlar izidan, kunlar ham o’ta boshladi. Va nihoyat kunlarning birida Mohigul va ayol xonani men bilan xayrlashib tark etishdi. Xodim o’sha kuni ularga darhol narsalarini yig’ishtirishini buyurdi. Ular qayerga ketishdi, yoki boshqa xonaga perekidka qilindimi, men unisiniyam bilmayman. Lekin bir narsani bilamanki, ular bilan o’tkazgan har bir kunim men uchun juda esda qolarli kunlar bo’ldi. Mohigul xodimning gaplaridan keyin meni qayerga olib ketishadi, sizlardan ajratib deb rosa ko’z yoshi qildi. Ayol esa bu voqeani darrov fahmladi. Negadir u menga juda xotirjam tuyuldi. Chunki u boshqa ayollarga o’xshamas, bu yerdagi har bir narsani ikir-chikirigacha hattoki bo’ladigan hodisalarni ham oldindan aytib bera olardi. U endigina bu yuz beradigan voqealar haqida gapirib bo’lgach, o’sha voqea aytib berganidek bo’lib turardi. Biz esa u qayerdanam bildiykin deb ajablanardik. Buni esa u darrov men 8-oydan buyon bu yerda yashayapman deb bahona qilardi. Buni esa hamxonalarimiz ichidan ko’pincha men fahmlab qolardim. Hattoki uning ayrim bir gaplaridan shubhalanganman ham. U xuddi ayrim bir narsalarni yashirayotgan odamga ba’zida o’xshab ham ketardi. Lekin nima bo’lganda ham uning past fe’lligi, sabr qanoatliligi menga juda yoqardi. Lekin juda tanqidchi ham edi. Tanqid esa menga uncha yoqmasdi. U mulozamatli so’zlarni umuman ishlatmas, nuqul bilsang, chin bilmasang hazil degan qabilida gapirar edi. Men esa uning ayrim vaqtlari bunday gapirishlari ma’nosini darrov uqib olardim. Hattoki mening uning gaplarini darrov fahmlay olishimniyam uning o’zi bilardi. Hamxonalarim esa uning gaplariga unchalik fahmlayverishmasdi. Biz ular bilan roppa rosa bir xonada 8 oy birga yashadik. Bu degani sal kam 1 yil degani emasmi? Shu oylar davomida biz bir-birimiz bilan sen menga bormadik. U opa men esa unga bir singildek edim. Bugun ular mening yonimda emas, lekin men ularni o’ylab sog’inayapman. Ular-chi, ular nima qilayotgan ekan, meni ham o’ylashayotganmikin? Ular mening eng og’ir damlarimda xuddi onamdek yonimda bo’ldilar. Mohinur esa menga o’z tug’ishgan singlimdek edi. Og’ir damda yonimda bo’lib, G’amlarimga bo’ldingiz sherik, Onamdayin hokisorginam. Opajonim boringizga shukr. Mana sentyabr oyi o’tib oktyabr ham yetib keldi. Inson qadri ulug’langan yurtda 31 yillik bayramimiz ham ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Radiodan har kuni bu bayramning shukuhi haqida eshitganimda, ko’nglim tog’dek yuksaladi. 31 yil bu tarix uchun arzimas muddat ekani ayon haqiqat. Lekin asrlar davomida mustamlaka, qoloq agrar o’lka degan turli tamg’alar ostida yashab kelgan xalq va respublika ahli uchun 1991-yil 1-sentyabr qadrli va ulug’ kundir. Ota-bobolarimiz bir umr orzu qilgan ozodlikning qanchalar aziz va qimmatli ekanini dastlabki yillari anglab yetmagandirmiz. Lekin keyingi 10 yilliklar ayniqsa Yangi O’zbekiston davri deb, atalayotgan oxirgi tarixiy besh yillikning o’rni naqadar ulug’ va shukuhli. Keksayu yoshdan so’rang: Avval qanday edig-u, bugun qanday boshimizni baland ko’tarib, istiqlol bayramimizni nishonlayapmiz. Mustabid va istilolar davrida zaminimizda minglab begunoh insonlar umri hazon bo’lganini qanchadan-qancha oilalar parokanda va xonavayron bo’lib go’daklar yetim qolganini tarix, bugungi kun va kelajak avlod hech qachon unitishmaydi. Mana 1-oktyabr ustozlar bayrami ham o’tdi. Hamxonalarim ketganidan beri juda xomush ahvolda qoldim. Ular bilan har kungidek suhbatlashgim va dardlashgim kelyapti. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling