Tahririyatga maktub


Download 256.56 Kb.
bet14/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Nafs balosidan saqlaning.
Insonni to’g’ri yo’lga soluvchi yoki yo’ldan ozdiruvchi sehrli kuch - bu uning nafsidir. Kimki tirik ekan, nafsi bilan kurashda mag’lub bo’lmasligi kerak. Nafs shunday dushmanki, insonni xor-xor qiladi. Buyuk alloma Farididdin Attorning quyidagi satrlariga e’tiboringizni qaratamiz.
Oqil inson topganiga sabr etar,
So’ng o’zing nafsiga ul mehr etar,
Ablah odam ablahi shunday odam,
Doimo nafs kuyida urgay qadam!
Insonning hayvondan farqi o’z nafsini idora qila olish, o’z nafsini tiya olishidir. Nafs aql yordamida boshqariladi. Agar aql nafsdan ustun bo’lsa, u kishining baxtu saodatidir. Aksincha nafs aqldan ustun bo’lsa, u insonning fojeasi hisoblanadi. Bu borada sharq donishmandi Juvayniy shunday yozadi:
Nafsi aqlga bo’ysunsa agar,
Iqbol daraxtidan meva yer kishi.
Aqlidan ziyodi bo’lsa agar nafs,
Odamning kunma-kun ortar tashvishi.
Shuning uchun ham nafsning jilovini qo’lga ololmagan kishi ko’p yomonliklarga giriftor bo’lishini hammamiz ko’rib bilib turibmiz. Muassasalarda, qamoqxonalarda mahkumlarning aksariyat qismi nafs balosiga giriftor bo’lib, jinoyat sodir etganlikda ayblanib, o’tirganlar talaygina.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sharqning ikki buyuk mutafakkirlarining barcha satrlarida ilgari surilgan g’oyalarimizni yoshlarni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashimizda muhim omildir. Ularda naql etilgan hikoyat, masal, atama, ibora va hikmatli so’zlar ruboiy va qit’alar o’quvchilarimizni ilm olishga, mehnatsevarlik, rostgo’ylik, insonparvarlikka undaydi.
Mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimiz ma’naviyatini shakllantirishda o’ziga xos ijodiy maktab bo’lib xizmat qilaveradi. Hibsxona va muassasalarda jazo muddatini o’tayotgan mahkumlar ko’zlarida yosh, qalblarida qattiq hayajon bilan uylarini, oilalarini sog’inib, g’am-anduh chekib yotgan mahkumlar ham talaygina.
Hazrat A.Navoiy bobomiz aytganlaridek:
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg’a tikondek oshiyon bo’lmas emish.
Darhaqiqat ozodlik tengsiz ne’matdir. Uning bebaho daqiqalarini qadrlash, erkinlik, shukuhini dildan his qila bilish chin insoniylik belgisidir. Kechirimlilik, bag’rikenglik, insonparvarlik xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Bilib-bilmay jinoyat sodir etgan shaxslarni tarbiyalab, oilasiga va jamiyatga qaytarish, hayotda to’g’ri yo’lni hamda o’z o’rnini topib ketishiga, ijtimoiy jihatdan himoyalanish uchun ularga yana bir bor imkoniyat berish maqsadida har yili jamiyatimiz va davlatimiz hayotidagi muhim sanalar yoki bayramlar arafasida “amnistiya” to’g’risidagi qarorlar e’lon qilishmoqda. Bunday xayrli, ezgu ishlar ertami -kech o’z samarasini berishi aniq. Chunki kundan-kun rivojlanib gullab-yashnayotgan go’zal diyorimizga, ozod va obod yurtimizga faqat to’ylar shodiyonalar yarashadi.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling