Tahririyatga maktub


Sayfi saroyi. G’azali. (ma’shuqa go’zalligiga ta’rif)


Download 256.56 Kb.
bet12/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Sayfi saroyi. G’azali. (ma’shuqa go’zalligiga ta’rif)
Topilmas husn mulkinda
Senga teng bir qamar manzar,
Ne manzar? Manzari shohid
Na shohid? Shohidi dilbar.
Zihi davlatlu oshiqkim.
Sening bilan qilur ishrat,
Na ishrat? Ishrati jannat.
Na jannat? Jannati qavsar
Bu husnung shavqu zavqini
Ko’ngil to’tilari topdi,
Na topti? Topti xush lazzat.
Na lazzat? Lazzati shakkar.
Jamoling shavqini Sayfi
Saroyi bog’ladi surat.
Na surat? Surati husno.
Na husno? Husni jonparvar.
Sog’ bo’lsang, daryosiz qirg’oq ham go’zal!
Tirikman - shu aziz Vatannikiman,
Oshiqman - bir go’zal Parinikiman.
Tunlar - uyquniki, kunlar ishniki.
O’lsam faqat bitta kafannikiman.
Umr kitobi.
Odamzod hayotining o’zi nima?
Inson bu foniy dunyoga keladi-yu, nega ketadi, degan savolni o’ylab ko’rmagan kishi ham bo’lmasa kerak, chindan ham inson hayotining o’zi nima?
Chamamda “Nomayi a’lom”, “Umr kitobi” degan gaplar bejiz aytilmagan. Har bandaning umri bir kitobga o’xshaydi. Umr kitobining debochasi odam hali tug’ilmasidanoq Allohning o’zi tomonidan bitib qo’yiladi. Debochaning nomi “Peshonaga bitgani” yoki “Taqdiri azal” ddeb atalsa ajab emas.
Inson oq qorani tanib ongli hayot kechira boshlagan o’zining “Umr” kitobini o’zi yozishga kirishadi. Har kuni, har lahzada sinov davri deb atalmish bu pallada bandasi qilgan jamiki yaxshi-yu yomon amallar yozilib boraveradi. Umr poyoniga yetgan kuni kitob ham yopiladi.
So’ng barchasi hisob-kitob qilinadi-da xotimani tag’in yaratganning o’zi bitadi. Savob ko’p bo’lsa bir taraf, gunoh ko’p bo’lsa…
Umr kitobiga esa ezgu sahifalarni ko’proq yozish har bandaga nasib etsin.
O’tkir Hoshimov.
Mavzularim xalq orasidan
Mahbusalar g’am nolasidan
Sabr qiling chiqar chin shoir
Hibsxona mahkumasidan.
So’z tomchidir - she’riyat ummon.
E’zozlar ardoqlar uchun tashakkur,
Asli siz oftobim, men ziyosiman,
Tonglaringiz kulsin dorilomon hur,
Baxtim shul - o’zbekning Zulfiyasiman
Sening visolingda umrin yashirin,
Chechaksan men uchun aslo so’lmassan,
Shunchalar go’zalsan shunchalar shirin,
Afsus shundayliging o’zing sezmassan,
O’zing tashna etding, o’zing suv tutding,
Qalbimdagi sahroyi daryomsan xalqim,
Seni seva-seva men boyib ketdim,
Dunyo ichra topgan dunyomsan xalqim!
Zulfiya Isroilova

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling