Tahririyatga maktub
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Duo qilaylik!
So’z boshi. B.Kenjaev.
Har bir inson u qanday qalb egasi bo’lishidan qat’iy nazar u adabiyotni sevsa, bunday odamdan hech qachon yomonlik chiqmaydi, aksincha u o’z kasbining fidoiysi bo’lishi mumkin. Sizdagi ijodiy qobilyatni ko’ra bilganim uchun ham u g’am-alam, sog’inch-qayg’udanmi, bog’-rog’lar, fasllar haqida yoziladimi, ozodlik va kelajak haqida kuylanadimi, satrlarimizning har qatimida ajib bir mehr xuddi jilmayib turgandek, hozirni o’zidayoq bir joziba kashf etadi. Men hikoyalaringizni har biri bilan tanishib, o’zim ham qiziqib boryapman. Bu yorug’ olamda inson taqdiri, uning kechayotgan umri, armoni, kelajakga bo’lgan ishonchi va umidlari haqidagi o’y-mulohazalaridan iborat mavzulari, kitobxonlar yuragidan joy olgan hikoya va she’rlari har doim ham dunyoga kelavermaydi. Sizning yozgan hikoya va she’rlaringizni o’qigan kishi mehr olamiga kirib borsin. O’z uyini, ota-onasini, aka-uka, opa-singil, farzandlari va aziz tuprog’ini, bolaligi o’tkan muqaddas go’shasini qadrlasin, ularga mehr bersin. Siz juda sokin va o’ta qiziquvchan ayol ekansiz. Qayerdadir ko’rgan, bilgan va ilg’agan narsangizni yoki kimdandir biron yaxshilik yoki yaxshilik nishonasidan xabar topgudek bo’lsangiz uni darhol ilg’ab, satrlarga tushirasiz bu yaxshi albatda. Yuragingiz va ko’nglingizdagi borini sim-sim satrlarga joylaysiz. Umr yo’lingizdagi har qanday to’siqni ham o’z qismatim deb tan olyapsiz. Men siz qoralagan ushbu qo’lyozmalar tezroq kitob shaklida nashrdan chiqib kitobxonlar tomonidan sevilib o’qilishini juda-juda istardim. Men hikoyalaringizdagi qahramonlarning kechinmalarini, ichki hissiyotlarini aniq yoritib berishingizga ishonaman. Siz shunday bir og’ir sharoitda ham, panjaralar ortida bunday bitiklarni dunyoga keltirayotganingizdan men benihoya mamnunman. Toki siz bitgan bu bitiklar bu jinoyat olamidagi kechinmalar aholiga, yoshlarga, mahkum va mahbusalarga o’rnak bo’lishga arziydigan to’plam ya’ni kitob bo’ladi deb o’ylayman. Duo qilaylik! - Ya Rabbimiz Alloh! O’zinga erta-yu, kech zorilik qilamiz. Nafsdan, kibru havasdan shayton vas-vasasidan bizni o’zing xalos qil. O’zingning kaloming keng, biz adashgan ayollarni to’g’ri yo’lga boshla, o’zing ma’rifat ayla, bizlardagi aql-zakovatni ziyoda et. Ularga amal qilishimizga o’zing yo’l ochib ber. Qalb va ko’ngil ko’zlarimizni och, bizni jaholat botqog’idan xalos qilib, ma’rifat sari yetakla. Ichki olamimizni nurga to’ldir, bizni bu kishanlardan xalos et. - Ya Rabbimiz Alloh! O’zing yo’lidan adashgan bandalarni yaxshi bilguvchi bizni to’g’ri yo’lga solguvchi, va hidoyat sari yetaklovchi Rabbimizsan. Mahkum ayollarning ayrimlari jaholat botqog’idan qutulmoqchilar, ammo to’g’ri yo’lga chiqishga kuchlari yetmayotganlarga ham o’zing kuch bag’ishla, adashgan bandalaringni o’zing qo’llagin, birimizning ota-onamiz, birimizning farzandlarimiz o’zimiz uchun eng ardoqli bo’lgan yaqin kishilarimiz, yaqin va uzoqroq qarindoshlarimiz, hamkasblarimiz bilan ozodlikda, sog’-u salomatlikda uchrashishni nasib et. Ularni o’z panohingda asra! Bizni deb qalbi qayg’uga cho’mgan bo’lsa, ularning qalbida mehr ortsin, bizni kechirishsin. Ey Allohim tavbamni qabul et! Gunohlarimizni o’zing avf etgil. “Yo Alloh, meni go’zal ahloqqa hidoyat qil, sendan o’zga meni chiroli xulqqa hidoyat qilolmas. Yo Alloh, yomon xulqni mendan uzoqlashtir. Sendan o’zga buni qilolmas”. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling