Tahririyatga maktub


Jasur, irodali, ma’suliyatli


Download 256.56 Kb.
bet6/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Jasur, irodali, ma’suliyatli.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, yurt tinchligi va el osoyishtaligini ta’minlash mahkum va mahbusalarni hayotda o’z o’rnini topishda ularning to’g’ri yo’lga solish, ongu tafakkurida ijobiy o’zgarishlar yasash, davlat jamiyat va o’z oilasiga dahldorlik tuyg’usini shakllantirish borasida tizimli ishlarni yo’lga qo’yib, zimmalariga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarayotgan hibsxona rejim boshlig’i Otabek hayot yo’li hamma xodim uchun o’rnak desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.
Yurtimizga muhabbat taqdiri azal,
Madhiga bitilar ash’oru g’azal
Jasorati bobolardan merosdur azal
Vatanimning ichki ishlar xodimlari.
Keksa otaxon va onaxonlarimiz duoga qo’l ochar ekanlar eng avvalo dunyoda tinchlik va xotirjamlik bo’lishini yaratgandan so’raydilar. Tinchlik shunday ulug’ ne’matki, uning ta;rifiga so’z yetmaydi. Tinchlik bu bizning baxtli farovon hayotimiz yetmish ikki tomirimizga xotirjamlik va taskin beruvchi in’om.
Jinoyatchilikni oldini olish huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini asrash huquq va manfatlarini himoya qilishdek murakkab va ma’suliyatli vazifani sharaf ado etayotgan ichki ishlar xodimlarining ayniqsa hibsxona xodimlarining mehnati har qanday maqtovga loyiqdir. Ayniqsa o’z jonini xavf-xatarga qo’yib bo’lsada o’zgalar hayotini asrab qolish, jinoyatchilikga qarshi kurashish el-yurt tinchligini ta’minlash yo’lida fidoiy mard va jasur insondir. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki, bugungi kunda kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay xalq tinchligini asrab kelayotgan xodimlarimiz xizmatidan elimiz minnatdor, kezi kelganda jonkuyar o’z xizmat vazifasini hozirda hibsxonada amalga oshirayotgan bu fidoiy xodim ham kamtarona mehnatlari natijasida ko’plab mahkum va mahbusalar ozodlikga chiqqach, halol mehnatlari bilan hayotda o’z o’rinlarini topa olayotganlari ham talaygina. Zero har bir xodim o’ziga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash ichki ishlar xodimi degan sharafli nomga munosib bo’lish uchun bor bilim va tajribalarini kuch va imkoniyatlarini ishga solib xizmat qilishi muqaddas burchdir.
Bosib o’tgan hayot yo’li balki aytishga osondir ammo bu yo’l orqali shu kunlarga yetib kelishga har kim ham qodir emas.
Ichki ishlarga sohaga kelgan paytlari sohada ishlash ancha murakkab edi. Xodimlar uchun hozirgidek sharoitlar yaratilmagan, ijtimoiy himoya yetarlicha ta’minlanmagan edi. Shunday bo’lsa-da, mashaqqatli yo’lni sharaf bilan bosib o’tmoqda. U yosh bo’lishiga qaramay, bir qancha pillapoyalarni bosib o’tib, ko’plab shogirdlar yetishtirdi.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling