Tahririyatga maktub
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
Muallif tilidan.
Hurmatli o’quvchi! Sizga havola etilayotgan ushbu kitob deb nomlanishi bilan ham barcha kitoblar orasida alohida o’rin tutadi. Yoshlik, Bolalik, Talabalik, Vatan, Muhabbat bu tuyg’ular kitobni varaqlashingiz barobarida sizni o’ziga mahliyo qilib boradi. Ular shunchaki satr va misralarga to’kilgan, shunchaki qofiyaga solingan so’zlar emas balki insonning dil-asrorlari, g’am-anduhlari, sog’inch iztiroblari bilan yo’g’rilgan qalb dardlari, o’tmish kechinmalari siz-u, bizni dunyoni teranroq anglashga chaqirsa ajabmas. Har biringiz bolaligingizda katta va kichik anhorlarda cho’milgansiz, shahar va qishloq bog’larida sayr qilgansiz, bolalar maydonchalarida o’ynagansiz. Qishlog’ingiz chang to’zon ko’chalarida u yoq bu yoqqa yugurib quyoshning taftli nurlaridan bahramand bo’lgansiz. Bu kitob sizni men kechgan hayot so’qmoqlaridan jindek xabardor qilsa, siz bu hayotni ko’z oldingizga keltira olsangiz va hozirgi yashayotgan baxtli hayotingizdan minnatdor tuyg’ularingizni uyg’ota olsa, men nihoyatda xursand bo’lardim. Har bitta hikoya orqali bir-bir takrorlanmaydigan, bir-biriga o’xshamaydigan, qahramonlarning ichki dunyosi, ularning qalb tug’yonlari o’z tili, o’z nutqi orqali ochib boriladi. Men hukmingizga havola qilayotgan hikoyalarimni yozayotganimda o’ylab ham o’tirmay, hayotda qanday bo’lsa, shundayligicha hech qanday ularni bezamasdan, yonimdan qo’shmasdan oq qog’ozga tushirishga harakat qilganman. Binobarin ko’rgan kechirgan narsang agar uni qalbdan his qilsang, tuyg’ularing chinakam rost bo’lsa, yozganlaring tabiiy chiqishi turgan gap. Qo’limga qalam tutib yozish imkoni yaratib bergani uchun yaratgandan minnatdorman. Imillar toshbaqa misoli har kun, Shamoldek yeladi, kechar davrlar, Atrofga ser solib qarasam bugun, Qancha tanishim yo’q qolmish qabrlar. So’z boshi Kitobni mutolaa qilgan o’quvchi qiziq holatlarni boshdan kechiradi. Ushbu hikoyalarni yaratishda qalamkash haqqoniy tasvir uchun hech kimni ayamagan, hatto o’zini ham. Bolalik va o’smirlik damlarini to hozirga qadar boshidan o’tkazgan hayotiy kechinmalarini qalamga olarkan o’zini, aqlli, aybsiz, shaffof qilib ko’rsatmaydi. Chunki u hayotni o’yindan iborat deb biladi. Kundalik turmush tashvishlariga qorishib yashaydi. Umrining yarmini yashagach esa, ushbu kitobni to’rt devor ichida, panjaralar ortida yoza boshlaydi. Bu hayot haqiqati. Asarning bosh qahramoni qalamkashning o’zi hamdir. U kitobxonni bolalikning o’yinqaroq chang ko’chalariga yetaklaydi. Bu voqealar asosan QR. Saribiy jamao xo’jaligi hamda Nukus shahrida bo’lib o’tadi. So’ngra qalamkash mustaqil hayotga qadam qo’yib, yetuklik va o’rta yashar kezlari boshlanib, voqealar ham ulkaya boradi. Ushbu hikoyalar to’plami ham kitobxonlar qalbidan chuqur joy oladi, va sizning sevimli kitobingizga aylanishiga chin dildan ishonamiz. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling