Tahrirlash asboblari panelidagi barcha buyruqlarni misollar «Рисование» Chizish


Download 68.5 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1528072
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tahrirlash asboblari panelidagi barcha buyruqlarni misollar

«Уровень» - Nisbat bandi tanlansa biron bir ob’ektga nisbatan ma’lum bir balandlikda to’g’ri to’rtburchak yasash nazarda tutiladi va ushbu parametr faoliyati uch o’lchamli chizma yaratishda, izometriada yaqqol ko’rinadi. Qiymatlar klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
«Сопряжение» - Tutasma bandi tanlansa ekranda «Радиус сопряжения прямоугольников» - To’g’ri to’rtburchak tutashma radiusi degan axborot chiqadi.
Klaviaturadan tutashma radiusi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Har safar to’g’ri to’rtburchakni bajarishda kiritilgan parametrlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to’g’ri to’rtburchak chizilaveradi.
«Высота» - Balandlik bandi tanlansa to’g’ri to’rtburchakka hajm berish maqsadida uning eni va bo’yidan tashqari balandligini berish nazarda tutiladi va ushbu parametrning faoliyati ham uch o’lchamli chizma yaratishda, izometriada yaqqol ko’rinadi, aks holda ikki o’lchamli plan holidagi chizmalarda ushbu parametr ko’rinmaydi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
«Ширина» - Kenglik bandi tanlanganda to’g’ri to’rtburchakning chiziqlari kengligi yoki qalinligi tushuniladi. Bunda kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
To’gri to’rtburchakning aniq o’lchamlarini, ya’ni eni va bo’yi yoki yuza kattaligida berish uchun«Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish tugmasi bosilib dastlabki bosh nuqtasi tanlangandan so’ng, ekranga «Второй угол или ↓» - Ikkinchi burchak yoki ↓ degan axborot chiqadi. Klaviaturadagi  - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu oyna chaqiriladi.
Unda «Площадь» - Yuza, «Размеры» - O’lchamlar, «Поворот» - Burilish buyruq bandlari mavjud.
«Площадь» - Yuza bandi tanlansa yuza qiymati klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. So’ng «Вычислять размеры прямоугольника на основе параметра» - Quyidagi parametrlarda to’g’ri to’rtburchakni hisoblash axborot oynasi chiqariladi. Unda «Длина» - Uzunlik va «Ширина» - Kenglik buyruq bandlari mavjud. Kerakli band tanlanadi va qiymat klaviatura orqali kiritilib“Enter” tugmasi yordamida tasdiqlanadi. Ekranda berilgan qiymat parametrlarga ega bo’lgan to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling