Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
Takrorlash uchun savollar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12740 2 8C3DF8C9FBA2BAD90DEF72237DD93262E7235739
Takrorlash uchun savollar:
1. Logistik tizimning asosiy tamoyillari. 2. Logistikaning konsepsiyasi. 3. Logistika qaysi aspektlarni ko’rib chiqadi? 4. Logistika o’zining faoliyatida qaysi bo’limlar bilan bog’liq. 5.Logistik tizimni tuzishda qaysi elementlarga e’tibor beriladi? 28 3-mavzu. LOGISTIKADA MATERIALLARNI BOSHQARISH VA TAQSIMOTNI TASHKIL QILISH 3. 1. Moddiy (material) oqim tushunchasi 3.2. Moddiy oqimining turlari 3.3. Taqsimot logistikasi ob'ekti, predmeti, funktsiyalari 3.4. Taqsimot logistikaga asoslanadigan logistik tamoyillar va xususiyatlar 3.5. Tayyor mahsulot taqsimotning asosiy shakllari 3.6. Logistika vositachilarining turlari 3.7. Taqsimotni boshqarish tizimlari 3. 1. Moddiy (material) oqim tushunchasi Moddiy oqim logistikada asosiy hal qiluvchilardan hisoblanadi. Moddiy oqim transportda tashish, omborlarga to’plash va boshqa xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar hamda boshqa moddiy jarayonlarni, ya’ni xomashyoning boshlang’ich manbalaridan oxirgi istemolchiga qadar bo’lgan jarayonlarda vujudga keladi. Moddiy oqim turli korxonalar o’rtasida yoki bir korxonaning ichida ro’yobga chiqishi mumkin. Moddiy oqimini aniqlashni shakllantirishdan oldin ulgurji savdo korxonasining ombori ichida vujudga keladigan moddiy vositalar oqimining misolni olib ko’raylik. Ish vaqtida keltirilgan tovar tushirilgandan keyin bevosita saqlash uchun yo’naltirilishi mumkin yoki dastavval qabul qilib olingandan so’ng saqlanadigan joyga tushishi mumkin. Dam olish kunlari olib kelingan yuklar qabul qilish joylariga tushiriladi, u yerdan birinchi ish kunining o’zidayoq omborlarga tarqatiladi. Kelib tushgan tovarlarning barchasi saqlash joylarida to’planadi. Yukning harakati yo’lida ular bilan turli xildagi jarayonlar bajariladi: tushirish, poddonlarga o’rnashtirish, siljitish, bog’lamlardan ochish, saqlashga qo’yish va h.k. Bular logistik jarayonlar hisoblanadi. Ayrim jarayonlar bo’yicha hajmi ma’lum davrga mo’ljallangan bo’lib, oy, yil ushbu jarayon bo’yicha moddiy vositalar oqimini tashkil etadi. Moddiy oqim deb, yuklar, qismlar, tovar-moddiy vositalar qiymatlari hisoblanib, turli xildagi logistik jarayonlar natijasida ta’sir ko’rsatilib ularning vaqt birligi nisbatiga aytiladi. Ayrim logistik jarayonlarni 29 amalga oshirganda moddiy vositalar oqimi, belgilangan vaqt holati bo’yicha ko’rib chiqilishi ham mumkin. Bunday holatlarda ular moddiy vositalar zaxirasiga aylanadi. Masalan, yuklarni temir yo’l transporti orqali olib yurish jarayonlarini olaylik. Yukning yo’lda yurish davridagi holatida u moddiy vositalar zaxirasi hisoblanadn, ya’ni «yo’ldagi zaxira» deb ataladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling