Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
-rasm. Buyurtmachilarning yetkazib beruvchiga bo’lgan
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12740 2 8C3DF8C9FBA2BAD90DEF72237DD93262E7235739
9.2-rasm. Buyurtmachilarning yetkazib beruvchiga bo’lgan
motivatsion reytinggi Iste'molchilarga logistika xizmatlari sifatining asosiy parametrlari quyidagilardan iborat: 1. yetkazib beruvchi buyurtmani olgan vaqtdan boshlab mahsulotni iste'molchiga (buyurtmachiga) yetkazib berishgacha bo'lgan vaqt; 2. har qanday sharoitda yetkazib berishning kafolatlangan ishonchliligi; 3. buyurtmachining birinchi talabiga binoan yetkazib berishning haqiqiy imkoniyati; 4. logistika tizimida zarur zaxiralarning mavjudligi; 5. mijozlarni qo'llab-quvvatlashning barqarorligi 6. buyurtmalarni mijozlarning talablariga maksimal darajada muvofiqligi; 7. mavjud logistika tizimida buyurtmalar bajarilishining progressiv darajasi; 8. istalgan vaqtda logistika tizimiga buyurtma berish qulayligi; 9. yetkazib beruvchi tomonidan bajarishga qabul qilingan buyurtmani oldindan tasdiqlash; 10. logistika xizmatlari narxlarining xolisligi; 11. logistika xizmatlari narxlari darajasi va tarkibi to'g'risida mijozlarni muntazam ravishda xabardor qilish; 0 20 40 60 80 100 % 1 2 3 4 5 6 7 8 112 12. logistika tizimida doimiy mijozlarga tovarlar uchun kreditlar va bepul logistika xizmatlari shaklida yashirin chegirmalar berish imkoniyati mavjudligi; 13. logistika tizimining omborxonalarida va boshqa transformatsion inshootlarida yuklarni qayta ishlash texnologiyasining yuqori samaradorligi; 14. sotiladigan mahsulotlarning yuqori sifatli qadoqlanishini ta'minlash; 15. paketli va konteyner tashishni amalga oshirishning ilg'or qobiliyati. Jahon savdo amaliyotida mijozlarning talablariga tezkor javob berish, aniq xizmat turini to'g'ri aniqlash va tanlashga imkon beradigan xizmatlarning ma'lum standartlari ishlab chiqilgan. Xalqaro amaliyotda xizmatlarni tashkil etishning bir nechta tizimlari mavjud: 1. tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xizmat ko'rsatishni tashkil etish; 2. ishlab chiqaruvchining filialiga xizmat ko'rsatishni tashkil etish; 3. xizmatni tashkillashtirish xaridorning mamlakatida faoliyat ko'rsatadigan ixtisoslashtirilgan xorijiy xizmat tomonidan amalga oshiriladi; 4. uskunalarning ayrim turlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar konsorsiumi tomonidan xizmat ko'rsatishni tashkil etish; 5. vositachilarni jalb qilgan holda xizmatlarni tashkil etish; 6. xorijiy xaridorning xodimlari tomonidan xizmatni tashkil qilish. Logistika xizmatlarining xalqaro darajasiga ta'sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar: 1. turli mamlakatlarda normativ-huquqiy bazaning o'ziga xosligi; 2. davlatlar o'rtasidagi xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarning o'ziga xosligi; 3. sotiladigan mahsulotlarni yetkazib berish uchun ichki sharoitlarning xususiyatlari; 4. bojxona tartiblarining tez-tez mos kelmasligi va xilma-xilligi; 5. transport qonunchiligining har bir mamlakatidagi o'ziga xoslik; 6. ob'ektiv ravishda turli darajadagi logistika xizmat ko'rsatish; 7. tashishni axborot bilan ta'minlash darajasiga turli talablar; 113 8. turli davlatlarning hududiy, relefi va iqlim xususiyatlari. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling