Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
Zaxira holati nazorat tizimining asosiy ko’rsatkichlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12740 2 8C3DF8C9FBA2BAD90DEF72237DD93262E7235739
5.5. Zaxira holati nazorat tizimining asosiy ko’rsatkichlari Ushbu bo’limda ko’p uchraydigan nazorat tizimining zaxiralar ko’rinishdagi holatlari batafsil bayon etilgan: 55 -zaxiralarni eng yuqori darajada to’ldirib turishning davrlar bo’yicha saqlab turish tizimi; -haqiqiy zaxira darajasining uzluksiz tekshirib turishdagi belgilangan miqdor tizimi. Birinchi tizimni qo’llashda korxona tomonidan mahsulot yetkazib beruvchiga talab jo’natilgan bo’lib u o’zgarmaydi. Masalan, har dushanba kuni firma menedjeri tovarlar qoldig’ini ko’rib chiqib, oldindan belgilab qo’yilgan eng yuqori me’yorga yetkazish uchun qo’shimcha talab qo’yadi. Ikkinchi usulning mohiyati shundan iboratki, qaysidir tovarning zaxirasi belgilangan eng kichik miqdorga yetishi bilan ushbu tovarga qo’shimcha talab qo’yiladi. Bunda talab qilinadigan tovar to’plamining miqdori doimiy ravishda bir xilda bo’ladi (zaxira miqdorining belgilab qo’yilgan miqdori). Aytib o’tilgan tizimlarni batafsilroq ko’rib chiqaylik. Eng yuqori darajagacha bo’lgan holatini nazorat qilish bir xil vaqtlar o’rtasida qoldiqlarni sanoq qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tekshirishlar natijalariga qarab talabnomalar tuzilib, yangi tovar to’plami olinadi. Talab qilinadigan tovar to’plamining miqdori tovar zaxirasining eng yuqori me’yorida ko’zda tutilgan va tekshirish davridagi haqiqiy zaxira o’rtasidagi farq bilan belgilanadi. Talablarni ijro etish uchun ma’lum vaqt davri talab etilgani bois, talab etiladigan to’plamning miqdori ushbu davr davomida sarf qilinadigan tovar miqdoriga ko’paytiriladi. Talab qilinadigan to’plamning miqdori (T) quyidagi formula orqali aniqlanadi: T q 3 maks – (3 fak –3 t.b) bunda, 3 maks - me’yorda belgilangan eng yuqori zaxira; 3. fak - tekshirish davomidagi haqiqiy zaxira; 3 t.b - talablarni joylantirish va bajarish davomidagi sarf qilinadigan zaxira; Amalda bu tizim bo’yicha ko’p tovarlar ichida birortasiga talab qo’yilib, bir tovar yetkazib beruvchining o’zidan olinib, talab darajasi nisbatan bir xilda bo’lgan, kam qimmatli tovarlar hisoblanadi va x.k. Zaxiralar holati darajasini uzluksiz tekshirib turish sharoitida 56 talablar miqdorini saqlab turish tizimi (zaxira darajasining yaqin o’rtadagi miqdori). Zaxiralar holatini nazorat qilishning bunday tizimida zaxiralarni to’ldirish uchun talab miqdori doimiy ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Vaqt oraliqlari talablarni joylashtirish davomida har xil bo’lishi mumkin. Bunday tizimda me’yoriy ko’rsatkichlar bo’lib talab miqdori hisoblanadi, hamda talablarni joylashtirish davridagi zaxira miqdoriga qaraladi (zaxira darajasining yaqin o’rtadagi miqdori yoki talab nuqtasi sug’urta miqdori ko’rsatkichidir. Yetkazib berish uchun talablar mavjud zaxiralarning talab nuqtasaga kamaygani hollarida qo’yiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling