Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
Zaxiralar holatini nazorat qilish tizimining umumiy
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezkor boshqaruv tizimi.
Zaxiralar holatini nazorat qilish tizimining umumiy
xususiyatlari Zaxiralarni boshqarish ularning haqiqiy xolatini nazorat qilishni boshqarishni nazarda tutadi. Zaxiralar holatni nazorat qilish-bu ishlab chiqarish-texnika vazifalari uchun mo’ljallangan zaxiralar darajasini xalq ists’moli buyumlarining va x..k, zaxiralarni saqlash me’yorlariga nisbatan o’zgarishlarning sodir etilishi va bu o’zgarishlarni bartaraf etish maqsadida tezkorlik bilan chora ko’rish uchun o’rganish va tartibga solishni o’z ichiga oladi. Zaxiralar holatini nazorat qilishning zarurati zaxiralar haqiqiy holatining me’yorlarda ko’rsatilgan doirasida: chiqib ketgan hollarida xarajatlarni orttirish shart-sharoitlarini nazarda tutadi. Zaxiralarni nazorat qilish ularni hisobga olish ma’lumotlari asosida o’tkaziladi va uzluksiz ravishda yoki ma’lum davrlarda amalga oshiriladi. Amalda nazoratning turli usullari qo’llanilib, ularni quyidagi xususiyatlari bo’yicha tabaqalash mumkin; -tekshirish tartibi: davriy yoki uzluksiz. -zaxira me’yoriy darajasi mavjudligi yoki yo’qligi; -talab qilinadigan to’plamning ko’rinishi: bir xilda yoki har xil. Zaxiralar holatini nazorat qilish, hamda yetkazib beruvchiga bo’lgan talabning shakllanishi quyida bayon etilgan tizimlarning biri orqali amalga oshirilishi mumkin. Tezkor boshqaruv tizimi. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng «talab qilinadimi» yoki «talab qilinmaydimi», agar talab qilinsa, u holda tovarning qancha birligi miqdorda va hk. kabi tezkor xulosaga 57 kelinadi. Bir xilda yetkazib berish tizimi. Bir xildagi vaqt birligida tovar birligining ma’lum miqdori talab qilinadi. Yuqori darajadagi zaxira miqdorini to’ldirish tizimi. Bunday hollarda bir xil vaqt oralig’ida tovarlar to’plami talab qilinib, ularning hajmi, ya’ni tovar birligining miqdori, eng yuqori zaxiralar miqdorining tekshirish o’tkazilgan davrdagi haqiqiy zaxiralar darajasi o’rtasidagi farqqa teng bo’ladi. Zaxiralar darajasining haqiqiy holatini davriy tekshirishdagi mustahkam talablar miqdorining tizimi (zaxira miqdori) tekshirib turiladi. Doimiy tovarlar talabiga ehtiyoj shunday sharoitlarda seziladiki, tekshirish davridagi tovarlar zaxirasi belgilangan tovar miqdorlariga teng yoki undan kamroq bo’lishi mumkin. Aks holda, talab qilmaslik haqida qarorga kelinadi. Haqiqiy zaxira darajasini uzluksiz ravishda tekshirishda talab miqdorini mustahkamlash tizimi (zaxira darajasining yaqin o’rtadagi miqdori). Zaxiralar bilan yaqin o’rtadagi miqdorga yetganda tovarlar to’plami doimiy hajmda talab qilinib turiladi. Zaxiralar darajasining haqiqiy holatini davriy ravishda tekshirishdan o’tkazilganidagi ikkita darajali tizim (zaxira darajasining yaqin o’rtadagi miqdori). Tovar zaxiralarning haqiqiy darajasi bir xil vaqt oraliqlarida tekshirib turiladi. Agar ular eng kichik miqdordan kam bo’lsa, yoki unga teng bo’lsa, u holda tovar to’plamini talab qilish haqida qarorga kelinadi eng yuqori tovar zaxiralari bilan tekshiruv davomidagi haqiqiy zaxiralar o’rtasidagi farqning talablarni bajarish davrida kutilayotgan tovarni sotish miqdoriga ko’paytiriladi. Talab qilinadigan to’plamning miqdori eng yuqori tovar zaxirasiga teng bo’lgan farqqa va zaxira darajasining yaqin o’rtadagi miqdoriga qarab belgilanadi, hamda talabni bajarish vaqtidagi kutilayotgan xarid miqdoriga ko’paytiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling