Jahldorlik reaksiyasining o’sib borishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: - 1. Ota – onaning doimiy agressiv hulqi.
- Bola ularga taqlid qiladi va ularning agressivligini «yuqtirib» oladi. Bu shundan dalolat beradiki bolaning emotsional o’z-o’zini boshqarishi ota-onasining emotsional o’z-o’zini boshqarishi tipida quriladi.
- 2.Bolaga mehrsizlik ko’rsatilishi, unda himoyasizlik tuyg’usining shakllanishi, atrofni o’rab turgan olamga xavf va dushmanlik tuyg’usi
Ota-ona yoki biror bir hodisa sababli tez-tez bo’ladigan va uzoq davom etuvchi frustratsiya (ehtiyojni qondirishga imkon yo’qligi yoki maqsadga erishish yo’lidagi to’siqlar bilan bog’liq psixik holat). - Ota-ona yoki biror bir hodisa sababli tez-tez bo’ladigan va uzoq davom etuvchi frustratsiya (ehtiyojni qondirishga imkon yo’qligi yoki maqsadga erishish yo’lidagi to’siqlar bilan bog’liq psixik holat).
- Bolaga ota-onasi tomonidan bo’ladigan kamsitish, tahqirlash. Bu tez-tez bo’lib turadigan frustratsiya hodisasi, ammo u bola shaxsining shakllanishida muhim, shu sababli korreksiyaga muhtoj.
- Agressivlik sifat va miqdor tavsiflariga ega. Barcha xususiyatlar kabi u ham turli darajada ifodalanadi. Agressivlik har bir insonda ma’lum bir miqdorda mavjud.
Agressiv shaxs tiplari. Psixologiya fanida agressiv shaxslarning quyidagi tiplari mavjud. - «Namoyishkorona» tip – bu turli xil yo’nalishlarda jo’shqin faoliyat yurituvchi xolerik. Bundaylar ko’zga tashlanib yurishni yoqtiradilar. O’zlarini shunga mos tutishadi. O’ziga yuqori baho berish kuzatiladi. Odatda aqlli, farosatli.
- «Rigid» (o’zgarmas) – bunday tipdagi odamlar yangi muxitga moslasha olmaydilar,atrofdagilarning fikri va nuqtai nazarini e’tiborga olmaydilar. Juda tez xafa bo’lishadi, izzattalab, hech kimga ishonmaydilar. O’z xulqiga tanqidiy yondoshmaydi, o’zini ta’kidlashlarini yoqtiradi.
«Nedant» – bundaylar odatda juda puxta, injiq, ijrochi bo’lsada odamovi, odamlar bilan muloqotdan qochadi. - «Nedant» – bundaylar odatda juda puxta, injiq, ijrochi bo’lsada odamovi, odamlar bilan muloqotdan qochadi.
- «Ziddiyatsiz» - o’zi angalagan holda ziddiyatdan qochadigan, o’z fikr va baholarida noturg’un, o’zgalar ta’siriga beriluvchan, biror qaror qabul qilganda ma’suliyatni o’zgalarga yuklaydi.
- «Amaliyotchi» - «Eng yaxshi hujum – himoya» shiori ostida harakat qiladi.Bunday odam uchun eng muhimi atrof muhitni o’zgartirish o’zga odamlarning pozitsiyasiga tayanish. Buning oqibatida turli xil to’qnashuvlarga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |