Tajriba- sinov ishida musiqa


Qo’shiq kuylash faoliyati


Download 0.6 Mb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1618870
1   2   3
Bog'liq
TAJRIBA

Qo’shiq kuylash faoliyati


O’quvchilar tarbiyasida musiqa yetakchi o’rin egallaydi. Bu faoliyat turi bolalarga boshqa faoliyat turlariga nisbatan yaqin va tushunarlidir. O’quvchilar qo’shiq kuylashni sevadilar. Kuylash o’quvchilar ijrochiligi faoliyati ichida yetakchi faoliyat turi bo’lib, u o’quvchilarning musiqiy-estetik tarbiyasida muhim o’rin egallaydi. Yaxshi qo’shiq bolani quvontiradi, har tomonlama kamol

Cholg’u kuylaridan farqli ularoq qo’shiq kuylash kuchli emotsional ta’sir kuchiga ega. Chunki qo’shiqda matn va musiqa badiiy birligi namoyon bo’ladi. Qo’shiq kuylash bola shaxsi tarbiyasiga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi. Qo’shiq inson aqliy kamolotini o’sishiga, dunyoqarashini kengayishiga, atrof-olam haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.

Qo’shiq kuylash jarayonida ular musiqani chuqurroq idrok etadilar, o’z kechinma va his-tuyg’ularini faolroq ifodalaydilar. Qo’shiqning matni o’quvchilarga musiqa mazmunini tushunishga va kuyni osonroq o’zlashtirishga yordam beradi. Biror bir cholg’uda ijro etilgan kuyga nisbatan ovozda ijro etilgan kuyni bolalar yaxshirok idrok etadilar.
Qo’shiq kuylash jarayonida bolalarda musiqiy qobiliyat rivojlanadi: Musiqiy eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritm hissi, shuningdek, qo’shiq kuylash musiqiy qobiliyatlardan: metr va ritm hissi, musiqiy eshituvi, lad hissi rivojlanadi.
Jamoa bo’lib kuylash faoliyati o’quvchilarni musiqiy o’quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo’lib kuylash jarayonida o’quvchi o’z ovoz ijrosini boshqarishni, ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo’rnovozlik qilishga intiladi, jamoaviy birlik, uyushqoqlik, o’zaro do’stlik hislari tarbiyalanadi.
Qo’shiq kuylash bola ruhiyatiga ta’sir qilish barobarida, uning jismoniy o’sishi va rivojlanishida ham katta ta’sir ko’rsatuvchi omildir. Jamoa bo’lib kuylash mashg’ulotlarida o’quvchilarning diqqat-e’tibori, ongliligi va faolligi oshadi, musiqiy xotira yaxshi rivojlanadi va o’rgangan qo’shiqlarni ijro etganda, zavqlanish hissi paydo bo’ladi. Qo’shiqni so’z ma’nosi va musiqa ohangini chuqur idrok etadilar va asarni mazmuni orqali hayotni o’rganadilar.
Qo’shiq kuylash o’quvchilarning nutqini ham rivojlanishiga zamin yaratadi. Qo’shiq so’zlari cho’zib ijro etilganligi tufayli bolalar yangi so’zlarni bug’inlab, xatosiz o’rganadilar. O’qituvchi so’zlarning to’g’ri ijro etilishini tekshirib boradilar.
Qo’shiq kuylash jarayoni bolalarni umumiy kayfiyat bilan birlashtiradi, ular hamkorlikda faoliyat bajarishga o’rganadilar. Ular shoshib ketayotgan yoki orqada qolib ketayotgan o’rtoklarini eshitadilar va ularni bir xil sur’atda kuylashga chaqiradilar.
Qo’shiq kuylash - musiqiy ta’limining asosiy vositasidir. U boshqa faoliyatlarga nisbatan bolalar uchun juda yaqindir. Qo’shiq ko’ylab, ular musiqani yanada faolroq idrok etadilar. Qo’shiq matni esa mazmunan qo’shiq ko’yini anglashga yordam beradi.
Kuylash faoliyatida bolalarda musiqiy qobiliyatlar eshitish qanday xotira va ritm hissi rivojlanadi. Kuylash bolarning nutqini rivojlantiradi.
Musiqa o’qituvchisi o’quvchilarni qo’shiq kuylash jarayonida so’zini kuyga mos qilib kuylash ularni nazorat qilib turadi.Bola ovozni o’ziga
xos xususiyatlari nozik, yumshoq mayin bo’ladi. Bola tomog’i undagi bug’in bilan katta kichkina bo’ladi. SHuning uchun ovozi yumshoq va tovush rezanatori orqali kuchaytirib beriladi. Rezonator ikkiga bo’linadi:

      1. yuqori bosh rezonator.

      2. pastki ko’krak rezanatori.

Ko’krak rezanatori ovozni kuchaytirib beradi. Bosh rezanator esa ovozni jarangli qilib beradi.
Kuylash - bu murakkab jarayon bo’lib, tovush hosil qiladi, ya’ni kuylash davrida eshitish va kuylash bir-biri bilan bog’liq bo’lishi kerak. Bolalar kattalarning nutqi va ohangiga taqlid qiladilar, ovozlarida qushlarning, uy hayvonlarining tovushlarini ifodalaydilar.
O’quvchilarda kuylash malakalarini samarali shakllantirishda eng avvalo inson ovoz apparati tuzilishini bilib olishimiz kerak. Og’iz, burun bo’shlig’i, xalqum, traxeya, bronxlar va o’pkalar ovoz hosil qiluvchi a’zolar hisoblanadi. Asosiy ovoz apparati esa hiqildoqda joylashgan. Bolalarni kuylash ijodini rivojlantirish bo’yicha ish asta-sekin olib boriladi. SHuni inobatga olgan holda maktab ta’lim-tarbiya dasturida har bir sinf diapazoniga mos asarlar berilgan.
SHuni aytib o’tish kerakki, yosh bolalarda hali ovoz mushaklari rivojlanmagan bo’ladi. 7 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan vaqt ovoz mushaklarining shakllanish davri hisoblanadi. Unga qadar ovoz mushaklari vazifasini paylar bajaradi. 11 -13 yoshga kelib bolalarda hiqildoq mushaklari to’liq shakllandi va 20 yoshga qadar rivojlanib boradi. SHundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, 11-13 yoshda ovoz hosil qilish kattalarnikidan farq qiladi. Buni qo’shiq o’rgatish jarayonida albatta inobatga olishimiz kerak.
Bolalar ovozini to’g’ri shakllantirish va rivojlantirish uchun o’qituvchi ovoz apparati o’zgarish xususiyatlari bilan birga, bolalarning kuylash imkoniyatlarini yaxshi bilish kerak. CHunki bolarning yosh diapazoniga amal qilishlik ovozning to’g’ri tarbiyalashning, kuylash faoliyatini samarali amalga oshirishda muhim shartlaridan biridir. 6-7 yoshli bolalarda kuylash imkoniyati u qadar katta emas. Yuqorida aytib o’tilgandek, bu ularning ovoz apparatlari to’liq shakllanmaganligi bilan bog’liq.

  1. sinf o’quvchilari ovozi mi 1-solь 1, fa 1- lya 1 diapazonida yaxshi jaranglaydi. SHuning uchun ham dastlab diapazon jihatdan chegaralangan, uncha murakkab bo’lmagan, sodda, ammo harakteri va obraz jihatdan erkin qo’shiqlar kuylashga berilishi lozim. Asta-sekin qo’shiqlar diapazoni kengaytirib boriladi. Har bir qo’shiqda o’quvchilar kuy tovushlari va balandligini ko’rgazmalar va harakatlar orqali bilib boradilar. Bu esa ovoz va eshituv muvozanatini ta’minlaydi va tovush balandligini to’g’ri aniqlashga o’rgatadi.

  2. sinf o’quvchilarining ovozlari esa mi 1 - si 1, diapazonida ancha tabiiy jaranglaydi. SHu bilan birga ushbu diapazon hali nozik va kalta ovoz paylari imkoniyati bilan ham belgilanadi. SHuning uchun ham o’quvchilarning darslarda, sinfdan tashqari mashg’ulotlarda yengil, zo’riqmay kuylashga erishish kerak. Asta-sekin kuylash diapazoni kengaytirib boriladi. O’quv yili oxiriga kelib ushbu sinf o’quvchilari diapazoni re 1 - re 1 ga o’tadi Uchinchi-to’rtinchi o’quv yillarida esa o’quvchilar ovozi do 1- re 2 (mi 2 ) diapazonida to’liq jaranglaydi. To’rtinchi sinf o’quvchilari ovoz diapazoni do kichik oktava - mi 2 (fa 2 ) diapazonida to’liq jaranglaydi. Bu davrga kelib ular kuylash malakalariga ega bo’ladilar. 5-6-sinfda 11-13 yoshli o’quvchilar bilan ishlash jarayonida o’qituvchi ishida qiyinchiliklar vujudga keladi. CHunki bu davrda hiqildoqning o’sishi natijasida bolalar ovozida «mutatsiya» holati kuzatiladi.

Mutatsiya har kimda turlicha kechadi. SHuning uchun o’qituvchi har bir o’quvchini yaxshi bilishi va ovozidagi individual o’zgarishlarni kuzatib borishi lozim.
Qizlarda ham «mutatsiya» bormi degan savol ilmiy adabiyotlarda u qadar to’liq yoritilmagan. Yaxshi ma’lumki, ovoz o’zgarishi fiziologik jarayon bo’lib, u bevosita butun organizm o’zgarishi bilan bog’liq. Qizlarda ham ovoz paylarining o’sishi kuzatiladi. 13-14 yoshga kelib kuylashdan so’ng qizlar ovoz paylarida ham qizarish va ovozning bir muncha charchash holati kuzatiladi. Lekin qizlardagi mutatsiya jarayoni o’g’il bolalardagidek sezilarli darajada o’tmaydi. Bolalar ovozini muxofaza qilishda kuylash malakalari ustida ish to’g’ri olib borilishi kerak. Jamoa bo’lib kuylash malakalariga:

    • Kuylashdagi holat (turib, o’tirib kuylash)

    • Nafas hosil qilish

    • Tovush hosil qilish

    • Soz• Talaffuz• Ansambl

Qoshiq aytish holati. Bog’cha bolalarning kuylash jarayonida ularni to’g’ri o’tirish, qomatlarini, boshlarini tik to’tishlarini, og’iz ochishlarini to’g’ri o’rganishlarini nazorat qilib turish. Stulga to’g’ri o’tirish, lekin, 3-4 yoshli bola stulga suyanib qo’lini tizziga qo’yib o’tirishi mumkin, og’izlarini vertikal ochishlari kerak. Maktabda esa o’qituvchi birinchi darsdan boshlanoq, qo’shiq aytish holati - partada o’tirib yoki turib kuylaganda bosh, qo’l va oyoqlarni qanday to’tish lozimligi haqida bolalarga tushuncha berib boradi. Kuylaganda gavdani qiyshaytirmasdan to’g’ri to’tish, yelkalarni yengil kerib, iyakni ortiqcha ko’tarmasdan, bo’yinni va boshni to’g’ri ushlash, qo’llarni erkin holda pastga tushirish yoki kaftlarni tizzalar ustiga yengil qo’yib, engashmasdan o’tirish va oyoqlarni yelka kengligida erkin qo’yish kabi holatlari ustida ish olib boradi. Bu ish har bir darsda qayta-qayta takrorlanadi va butun yil davomida nazorat qilib borish bilan bolalarda ko’nikma hosil etiladi
Nafas hosil qilish. Nafas qo’shiq kuylash jarayonida mustahkamlanadi. Kuylashdan avval musiqiy jumlalar orasida nafas olishga bolalarni o’rgatadi. Nafas hosil qilish, kuylash, nafasni to’g’ri olish va undan unumli foydalana bilish asosida amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda nafasni ko’krak qismida olishlari sababli kaftlarni ko’tarishlari, jumlani tugatmasdan yoki so’zni bo’lib nafas oladilar. O’qituvchi yelkalarni ko’tarmasdan vazmin nafas olish va jumla hamda so’z o’rtalarida nafas olmaslikka alohida e’tibor berishi lozim, bolalar qo’shiq yoki mashq kuylaganlarida o’qituvchining qo’l ishoralariga qarab, nafas olishilariga va uni jumla oxirigacha yetkazishga odatlantirib boriladi. Dirijyorlik holatlari - «diqqat», «auf», «ijroni boshlash»,
«ijroni tugatish»ga odatlantirib borish boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafasni to’g’ri yo’lga qo’yishda eng samarali usul hisoblanadi.
Intonatsiya (Tovush hosil qilish) Buning uchun bolalar kuyni yaxshi idrok etish kerak. Intonatsiya eshitish qobiliyati va ovoz apparatining rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Ayrim nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar so’zlarni noto’g’ri aytish natijasida falьsh (nosoz) qilib kuylashlari mumkin. Intonatsiyani sof bo’lishi tarbiya olayotgan muhitga ham bog’liq. Tovush hosil qilish kuylashni asosiy vositalaridan biridir. U ko’pincha maxsus mashqlar va qo’shiqlar o’rganishda so’zlarni aniq-ravshan talaffuz etish yo’li bilan shakllanib boradi.
Bolalarni kuylash malakalarini shakllantirish va o’stirish ishlari, musiqa tovushlarini diqqat bilan eshitish va ularni aniq balandlikda ko’ylab bera olish qobiliyatini rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Bu yoshdagi bolalarda, qo’shiqni kuylaganda ko’proq nutq tovushlaridan
foydalanishga intilish hollarini kuzatish mumkin. SHuning uchun ham bu, birinchi navbatda, bolalarni bitta tovushda cho’zib mayin, ya’ni legatoda kuylashga o’rgatishdan boshlash zarurdir. Boshlang’ich sinflarda bolalarni mayin "ataka"da kuylashlari aniq tovush hosil bo’lishini, ovozning muloyim va
yoqimli bo’lishini ta’minlaydi. Qattiq "ataka"dan foydalanish bolalar ovoziga qo’pollik va dag’allik olib kelishi mumkin.
Ayrim bolalar baqirib, zo’riqib kuylaydilar. Bu esa, vokal-xor malakalarining yaxshi shakllanishiga xalaqit beradi, ovozlarga putur yetkazadi. Bolalarni to’g’ri kuylashga o’rgatish uchun kerakli mashqlardan foydalanamiz: pastki jag’ni bo’shatish uchun «lya-lya-lo-lu»; «da-de-di-do- du»; «ma-me-mi-mo-mu» mashqini ikkinchi barmoqlarimizni labimiz chetiga qo’yib ijro etamiz.
Soz va ansambl. Jamoa bo’lib kuylashning eng asosiy sharti soz va ansamblga erishishdir.
Soz jamoa bo’lib kuylashda ovozlarning intonatsion uyg’unligi, jo’rligi, birligi bo’lib, melodik va garmonik turlarga bo’linadi.
Soz har bir bolaning musiqa tovushi balandligini aniq kuylay olishiga asoslanadi. Barcha bolalarni sozga bir xil tushushi jamoa bo’lib kuylaganda talaffuz jihatdan uyg’unlashishga imkoniyat beradi. SHuning uchun 1-darsdan boshlab, soz ustida muntazam ish olib boriladi. Faqat shundagina sof unisonga erishish mumkin bo’ladi.
Talaffuz. Tovush yaxshi chiqishi uchun talaffuzning muhim ahamiyati bor. Jamoa bo’lib kuylash ishini rivojlantirishda talaffuzning yaxshi rivojlanishi muhimdir. Bunda artiqo’lyatsion organlari - lab, til, jag’larning faol harakatidan hamjihatligi, aniq, ohangdor, mazmunan ifodali talaffuz etilishiga erishish lozim. Bolalar nutqida zaiflik, noaniqlilik, ovoz apparatini siqib gapirish kabi nuqsonlar uchraydi. Bunday bolalarga e’tiborni kuchaytirish va ular bilan individual ish olib borish lozim. Eng muhimi, bolalarni mashq va qo’shiqlar matnlarining vokal talaffuziga o’rgata borish lozim. Qo’shiq kuylashda unli tovushlarni to’g’ri shakllantira olish muhimdir. Bu ish vokal mashqlari, mashq-qo’shiq, va qo’shiqlarni o’rganib kuylash jarayonida amalga oshiriladi. Nutqimizda unli tovushdan ko’ra, undosh tovushlar ko’proq ishlatiladi.
SHuning uchun bizning vazifamiz ko’proq unli tovushlarni kuychan, cho’zib kuylash hisobiga undosh tovushlarni qisqa aniq talaffuz etishga erishishdan iboratdir. Xususan, «A» tovushini ochiq keng talaffuz qilinib, ko’ylanganda lablar bir-biriga yaqin, yopiqli, biroz «o» tovushiga yaqinlashtirish; «O» tovushini talaffuz qilganda ochikq tomoqqa yaqin, kuylaganda ballarga yaqin, yopiqli, yumshoq ko’ylanadi; «E» tovushi talaffuzda ochiq, kuylaganda yopiqli «e» tarzida keladigan so’zlarni «e» ga yaqinlashtirib ko’ylanadi. «I» tovushi til oldi, yig’iq, ba’zan siqiq holda talaffuz etiladi. Uni faqat ovoz apparatinnig erkinligi va yengil nafasda «u» ga yaqinlashtirib kuylash lozim. Tovushlarni vokal mashqlarida «da, de, di; ma, me, mi» kabi bug’inlar bilan kuylash foydalidir. Undosh tovushlarni keskin, chaqqon va aniq talaffuz etib, ularni unli tovushlar oraligida kuylashga o’rgatib borish lozim.
«K», «x» va «g» tovushlari nutqda tomoqqa yaqin talaffuz etiladi. Kuylashda talaffuz mexanizmini o’zgartirmay, ularni yumshoq talaffuz qilishga erishish lozim.

  1. Kuylashdan oldin qo’shiq matnini ifodali o’qish.

  2. Qo’shiq o’rgatish jarayonida hamma birgalikda shoshmasdan so’zlab sekin kuylash.

  3. Qo’shiqni ko’pletlarga bo’lib, ifodali o’qish kuylashga yordam beradi.

Ansambl. Jamoa bo’lib kuylashda ovozlarning ritmik, dinamik, temp, tembr va intonatsion uyg’unligidir. Soz malakasi esa, ansamblning vujudga kelishida asosiy omil hisoblanadi. Qo’shiqlarning badiiy ijro etilishiga ovozlardagi soz va ansamblning uyg’unligi vositasi bilangina erishish mumkin.
O’quvchilarini jamoa bo’lib qo’shiq kuylashga o’rgatish umumiy o’rta ta’lim maktablarining musiqa o’qituvchi zimmasidagi muhim vazifalardan biridir. Jamoa bo’lib kuylash o’quvchilarda bir qator ijobiy jihatlarni jumladan, ularni axloqiy jihatdan shakllanishiga katta ta’sir etadi. Birinchidan, qo’shiq aniq bir mavzuga qaratilgan bo’ladi, ikkinchidan, o’quvchilar qo’shiqlarda aks etgan o’zga insonlarning ruhiy holatini, uning kechinmalarini his qiladilar. Jamoa bo’lib kuylash nafaqat estetik didni, balki o’quvchilarning tashabbuskorligini, fantaziyalarini, ijodiy qobiliyatlarini, tarbiyalaydi va musiqiy qobiliyatlar (qo’shiqchilik ovozini, usulni his etishni, musiqiy xotirani)ni rivojlantiradi, qo’shiqchilik malakalarini, musiqiy qiziqishlarini oshirib, emotsional hamda vokal-xor malakalarini orttiradi.
Jamoa bo’lib kuylash inson hayotida jamoatchilikning o’rnini tushunishga yordam beradi. SHu bilan birga o’quvchilarning
dunyoqarashlarini shakllantiradi va ularga jisplashtiruvchi, tartibga soluvchi ta’sir qiladi hamda jamoatchilik, do’stlik hislarini shakllantiradi. Jamoa bo’lib kuylash darslarida ijro etish uchun musiqiy asar tanlashda ko’ylanadigan materialni to’g’ri tanlash asosiy shartlardan biridir. Bu turdagi darslar uchun qo’shiq ularni mavzu, musiqiy janrga mansublik, maqomi (milliy va chet el musiqiy asarlari) jihatidan turli tuman bo’lishiga alohida e’tibor qaratish lozim, ya’ni repertuarda har xil mavzu va janrlardagi zamonaviy va mumtoz asarlar, mahalliy va chet el musiqalarini bo’lishi maqsadga muvofiq. Qo’shiq aytish boshqa musiqiy faoliyatlar turidan shunisi bilan farq qiladiki, unda musiqa bilan so’z birgalikda keladi. SHuning uchun ham qo’shiqning mazmuni o’quvchilarga musiqaning boshqa turlariga qaraganda tushunarliroq bo’ladi.
Maktab musiqiy tarbiya amaliyotida jamoa bo’lib kuylashning bir qator o’ziga xos xususiyatlarini yuzaga chiqargan:

  • jamoa bo’lib kuylash bolalar xulqini tarbiyalaydi va jamoaga birlashtiradi;

  • jamoa bo’lib kuylash bolalarni jismoniy rivojlantirish vositasidir;- jo’rsiz kuylash bolalarni eshitish qobiliyatini va xotirasini rivojlantiradi;- ko’p ovozlilik garmonik eshitish qobiliyatini tarbiyalaydi.

Bolalarni jamoa bo’lib kuylashga qiziqtirish va o’rgatishda o’qituvchining oldida qator vazifalar belgilab berilgan.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling