Tajriba ishi №3 Mavzu: Microsoft Visual C++ muhitida komponentalar, Form sinfi Ishni bajarishdan maqsad


Download 0.76 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#199899
Bog'liq
Tajriba ishi 3,4


951-17 guruh talabasi

_______________________

Tajriba ishi № 3



Mavzu: Microsoft Visual C++ muhitida komponentalar, Form sinfi

Ishni bajarishdan maqsad: Visual Studio 2012 muhitida C++ dasturlash tilida komponentalarni o’rganish va Form sinfini yaratish.

Nazariy qism:

Form sinfi

Visual Studio 2012 dasturlash muhitida Console Application qismidan tashqari Windows Application dasturlash muhiti ham mavhud. Bu muhitda biz interfeysga ega bo’lgan dasturlarni yarata olamiz. Hozirgi zamonaviy dasturlash tillarida interfeysli dasturlashga katta ahamiyat qaratilgan. Microsoft Windows operatsion tizim uchun dastur tuzishda Visual Studio 2012 muhitida C++ dasturlash tilidan foydalanishimiz mumkin.



Visual C++ dasturlash tilida Form sinfini yaratish uchun yangi loyiha yaratiladi va loyihani yaratish quyidagicha amalga oshiriladi: Файл->Создать->Проект yoki Ctrl+Shift+N tugmalarini bosish kerak (10.1 rasm)



10.1-rasm. Loyiha yaratish

Loyihani yaratishda Visual C++ning CLR bo’limidan Приложения Windows Forms tanlanadi, loyihaning nomi va kompyuter xotirasiga o’rnatiladigan joyi tanlanadi va OK tugmasi bosiladi (10.2-rasm).

10.2-rasm. Loyiha yaratish

Natijada yangi bo’sh loyiha yaratiladi va bu loyiha asosida yangi form oynasini hosil qilamiz. Buning uchun проект menyusidan добавить новый элемент tugmasi bosiladi yoki Ctrl+Shift+A tugmalari bir vaqtda bosilishi lozim. Bunda quyidagi oyna hosil bo’ladi va ushbu oynada UI bo’limida Форма Windows Forms tanlanadi va formaning ismi yozilib добавить tugmasi bosiladi (10.3-rasm)
10.3-rasm. Yangi form oynasini hosil qilish.

Добавить tugmasi bosilgach quyidagi oyna hosil bo’ladi.





10.4-rasm. MyForm oynasi

Oyna hosil qilingach Ctrl+F5 tugmalari bosilsa, loyiha ishga tushadi.



Microsoft Visual C++ muhitida komponentalar

Komponentalar Form oynasi hosil qilingach paydo bo’ladi. Komponentalar Панель элементов yoki ToolBox da joylashgan bo’ladi. Agarda ekranda ushbu oynacha bo’lmasa unda biz Ctrl+Alt+X tugmalarini bosishimiz kerak bo’ladi. Yoki View menyusidan ToolBoxni(ВИД-> панель элементов) tanlashimiz kerak.

10.5-rasm. Komponentalar oynasini hosil qilish

Komponentalar oynasi quyidagi asosiy komponentalardan tashkil topadi:



  • TextBox

  • Label

  • Combobox

  • PictureBox

  • ProgressBar

  • Button

  • CheckBox

  • RadioButton

  • DateTimePicker

  • ListBox

  • Panel

  • TabControl

Agarda bizga kerak bo’lgan komponenta ushbu oynada mavjud bo’lmasa u holda ToolBox oynasi ustida sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz va Выбрать элементы.. yoki choose elements.. ni tanlyamiz.(1.6 rasm).



10.7-rasm. Yangi komponenta qo’shish

Bunda Filter bo’limiga kerak bo’lgan komponenta yoziladi va shu komponenta ro’yxatda paydo bo’lgach shu komponentani belgilaymiz(checkbox. checked) va ok tugmasini bosamiz.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling