Tajriba ishi №3 Mavzu: Sarfni va sathni


Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar


Download 2.1 Mb.
bet15/15
Sana18.09.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1680878
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-t

Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar
Suyuq metall sathni o‘lchashda istiqbolli usul — radioto‘lqinli usuldir. Elektromagnit to‘lqinlari tebranish parametrlarining suyuqlik sathiga bog‘liqligiga asoslangan sath o‘lchagichlar radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar deb ataladi.
Radioto‘lqinli usullarga radiolokatsion, radiointerferension, endovibratorli va rezonansli usullar kiradi.
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlarning ishlashi elektromagnit to‘lqinlarning elektr va magnit xossalari bilan farq qiladigan muhitlarning chegarasidan qaytishi hodisasiga asoslangan.
E lektromagnit to‘lqinlarining tarqalish tezligi v muhitda uning dielektrik ε va magnit o‘tkazuvchanligi μ qiymatlari bilan topiladi:
, (3.47)
bu erda, S — vakuumda yorug‘lik tezligi.
Sath o‘lchagich sxemasi (3.24-rasm) nur tarqatgich 1, elektromagnit energiyasi qabul qilgichi 2 va vaqt oralig‘ini o‘lchash qurilmasi 3 dan iborat. Sath h qiymati nur tarqatgich signalni jo‘natish payti bilan qaytgan signal qabul qilgich 2 ga kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlash yordamida topiladi. SHu kattaliklar ushbu munosabat bilan bog‘langan.
. (3.48)
Odatda, lokatsiya gaz muhiti orqali suyuqlik ustida olib boriladi (agar suyuqlik elektr o‘tkazmaydigan bo‘lsa, lokatsiya prinsip jihatidan suyuqlik orqali ham amalga oshirilishi mumkin). Lokatsiyaning gaz (havo) orqali olib borilishi ma’qulroq, chunki nur tarqatgichlar suyuqlik ta’siriga berilmaydi, bu erda,n tashqari, gazlarning magnit va dielektrik o‘tkazuvchanligi katta emas va amalda gazning parametrlari o‘zgarishiga va xossalariga bog‘liq emas. Bu sath o‘lchagich ko‘rsatishlarining amalda suyuqlik xossalariga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. Bunday sath o‘lchagichlarning kamchiligi kichik vaqt oralig‘ini aniq o‘lchash qiyinligidir, ular nurlanish doirasida turgan boshqa predmetlarga g‘oyat sezgir. Suyuq metallarning sath o‘lchagichlari 200 mm gacha o‘lchash diapazoniga ega, o‘lchashnint asosiy xatoligi ±2%.
Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling