Tajriba ishi №3 Mavzu: Sarfni va sathni


Download 2.1 Mb.
bet8/15
Sana18.09.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1680878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
3-t

Sath o’lchash vositalari
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jism bilan to‘ldirish balandligiga aytiladi.
Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanadi, u haqdagi axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur. Sathni o‘lchash vositalari sath o‘lchagichlari deb ataladi.
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo‘ladi. Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka etganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi.
Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosim) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo.
Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo‘ladi. SHkalasiz asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi, yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi.
3.1 – jadvalda o‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar keltirilgan.

O‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar

3.1 – jadval

Diapazon

O‘lchash chegarasi

Qo‘llanish sohasi

Tor

0 – 450 mm

Avtomatik tartibga solish tizimlarida

Keng

0.5 – 20 m

Tavarlarni hisobga olish operatsiyalarini o‘tkazish uchun

O‘lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko‘ra sathni o‘lchash asboblari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ko‘rsatish oynasi; qalqovichli; gidrostatik; elektrik (sig‘imli, aktiv qarashliklarning o‘zgarishiga muvofiq va induktivli); radioizotopli; ultratovushli; radioto‘lqinli; termokonduktometrli; vaznli va boshqalar. SHularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling