Tajriba ishi. Tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligini hisoblash


Download 1.52 Mb.
bet2/39
Sana05.11.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1748787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
тажриба ишлари

γxaj, g/sm3




2-jadval






G, g

G1, g

Vsuv, sm3

Vpar, sm3

Vn, sm3

γxaj, g/sm3

Izox

1






















2






















3






















Namunaning hajmiy og‘irligi

γxaj, g/sm3





2-Tajriba ishi.


Tog‘ jinslarining solishtirma og‘irligini hisoblash.

1. Ishdan maqsad:


1.1. Tajriba o‘tkazish yo‘li orqali tog‘ jinsining solishtirma og‘irligini aniqlash.
1.2. Tajriba o‘tkazish yo‘li orqali tog‘ jinsining g‘ovaklik koeffitsientini aniqlash.

2. Nazariy qism:


Tog‘ jinslarining solishtirma og‘irligi bitta fazadagi bir xil tog‘ jinsining hajm birligidagi og‘irligidir.(qattiq, suyuq va gazsimon fazalar).
Solishtirma og‘irlik xar qaysi faza uchun aloxida xisoblanadi. Qattiq fazadagi tog‘ jinslarining solishtirma og‘irligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
, g/sm3,kg/m3,t/m3.
Bu yerda:Gq – tog‘ jinsining qattiq fazasining og‘irligi; g,kg,t.
Vq– tog‘ jinsining qattiq fazasining hajmi. sm3,m3.
Tog‘ jinslarining solishtirma og‘irligi zichlik koeffitsientini aniqlash uchun kon bosimini va tog‘ jinsi g‘ovakligini hisoblash uchun kerak bo‘ladi.
Laboratoriya sharoitida qattiq fazadagi tog‘ jinslarining solishtirma og‘irligi piknometrik usulda aniqlanadi. Piknometrning og‘irlik o‘lchamining o‘zgarishiga asoslangan. Suyuqlik bilan to‘ldirilgan piknometrning bir qismi o‘lchanayotgan tog‘ jinsi bilan almashtiriladi. Piknometrga solingan tog‘ jinsi namunasi o‘z hajmiga teng miqdordagi suyuqlikni siqib chiqaradi (Arxemed qonuni).
O‘rganilayotgan tog‘ jinsi xajmi siqib chiqarilgan suyuvlikning og‘irligi orqali aniqlanadi.
Piknometr bu ingichka aylanali shisha kolba (v=25,50,100,150ml).Piknometr yuqori qismida suyuqlik bilan to‘ldirish chegarasi chiziq bilan ko‘rsatilgan
Quruq qattiq tog‘ jinslarining g‘ovakligi deb qattiq va bo‘sh fazalar orasidagi bog‘liqlikka tog‘ jinsining g‘ovakligi deyiladi. Tog‘ jinsi g‘ovaklari gaz va suyuqlik bilan to‘la bo‘ladi. Shuning uchun g‘ovaklik tabiiy xolatda tog‘ jinsi g‘ovaklarida gaz va suyuqlik bor yo‘qligi bilan aniqlanadi.
Tog‘ jinsining umumiy g‘ovaklik koeffitsienti Melcher usulida quyidagi fomula yordamida aniqlaymiz:

3. Tajribani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va materiallar:



  • Tog‘ jinsi namunasi (200 g);

  • piknometr (2 dona 25 ml);

  • tog‘ jinsini maydalash uchun bolg‘a;

  • sito (kataklari o‘lchami 0,5 mm);

  • pinset va kurakcha (hokandoz);

  • distillangan suv (1 l);

Bundan tashqari suvda eriydigan tog‘ jinsi namunasi uchun toza kerosin, spirt, yoki tetroxlor uglerod kerak bo‘ladi.


4. Ishni bajarish tartibi:
Turli xil xarakterdagi tog‘ jinslaridan og‘irligi 60 – 100 g dan yuqori bo‘lgan noto‘g‘ri shakldagi tog‘ jinsi namunasi olinadi. 0,01 g aniqlikda bo‘sh piknometr (Gp) o‘lchanadi. 30 – 40 g tog‘ jinsi xavoncha (stupka) yordamida kukun holatigacha maydalaniladi. Aniqlash natijasida hajmga bug‘, gaz va suyuqlik ta’sir etmasligi uchun katak o‘lchami 0,5 mm bo‘lgan elak (sito)dan o‘tkaziladi. Maydalangan tog‘ jinsi bo‘sh piknometrga solinadi va uning og‘irligi(Gp.q) o‘lchanadi. Keyin piknometrga tog‘ jinsi va suyuqlik hajmi 0,7 ga yetguncha suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Undan so‘ng tog‘ jinsi tarkibidagi havoni chiqarish uchun piknometr chayqatiladi. Qaynoq vannaga piknometr tushiriladi, 30 minut davomida ushlab turiladi va piknometr belgisigacha pipetka yordamida suyuqlik to‘ldiriladi. Keyin qayta o‘lchaniladi (Gp.s.q). Piknometrdagi suyuqlik va tog‘ jinsi to‘kib tashlanadi, tozalanadi va quritiladi. Keyin piknometr suyuqlik bilan to‘ldirilib qayta o‘lchaniladi (Gp.s).
Tog‘ jinslarining solishtirma og‘irligi quyidagi fomula yordamida aniqlanadi:
, g/sm3, kg/m3,t/m3.

Bu yerda: γsol – qattiq jinsning solishtirma og‘irligi;


Gp.q. – piknometr va qattiq jins og‘irligi, g;
Gp – piknometr og‘irligi, g;
Gp.s – piknometr va disterlangan suv og‘irligi, g;
Gp.s.q piknometr, tog‘ jinsi va suvning birgalikdagi og‘irligi,g;
ΡSsuyuqlikning zichligi, g/sm3
1g disterlangan suv 1 sm3 ga teng. Qattiq tog‘ jinsi siqib chiqargan disterlangan suvning og‘irligi tog‘ jinsi qattiq fazasining xajmiga teng . Melcher usuli bilan tog‘ jinslarining umumiy g‘ovaklik koeffitsentini aniqlanadi. Natija aniq bo‘lishi uchun tajriba 3 marotaba takrorlanadi.
Tajriba natijalari quyidagi 3-jadvalga to‘ldiriladi:
3-jadval



№ taj.

Gp, g

Gp.q, g

Gp.s.q, g

Gp.s, g

ρ, g/sm3

γsol, g/sm3

ρum

1






















2













3













Namunaning solishtirma og‘irligi va umumiy g‘ovaklik koeffitsienti

γsol, g/sm3

ρum




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling