Tajriba ishi tuz eritmasi va kislotalarda metall hamda qotishmalarning korroziyasi
Download 36.41 Kb.
|
1-Лаборатория иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cr, Ni, Mo, Ti, Al, W
1 - TAJRIBA ISHI TUZ ERITMASI VA KISLOTALARDA METALL HAMDA QOTISHMALARNING KORROZIYASI a) Temir va po’latlarning azot kislotasida passivlanishi. b) Temir va po’latlarning kislota va tuz eritmalarida korroziyalanishi. NAZARIY QISM Ishdan maqsad. Azotli kislota eritmalarida ligerlangan va uglerodli po’latlarni passivlanishini tekshirish (ishni havo tortuvchi shkafda o’tkazish lozim). Passivlik ─ metall yuzasining berilgan muhitdagi korroziyaga qarshi yuqori bardoshliligi bo’lib, metall ionlanishi – anod jarayonini susaytiruvchi, metall potensialini musbat tarafga jadal o’zgarishi holatiga aytiladi. Metallning faol holatdan passiv holatga o’tishi passivatsiya, teskarisi esa aktivatsiya yoki bo’lmasa depassivatsiya deyiladi. Korroziya jarayonining sekinlashishi metall yuzasida faza yoki adsorbtsion qatlamlar, pardalar hosil bo’lib, anod jarayonini susaytirishga sabab bo’ladi. Metallarning passivlik holatini oksidlovchi jarayonlar (oksidlovchi moddalar – passivatorlar hisobiga) keltirib chiqaradi. O2 , HNO3 , K2CrO3 va boshqalar yoki metallning anodli qutblanishi metall yuzasida oksid parda yoki kisloroddan tarkib topgan adsorbtsion qatlam vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Metallning passivlik holati ichki ta’sir (metall tuzilishi va tarkibi, kontsentratsiyasi va boshqalar) hamda tashqi ta’sirlar (elektrolit holati, tarkibi, kontsentratsiyasi va boshqalar) ta’sir qilishi bilan bir qatorda tashqi muhit (harorat, eritma harakatlanishi, o’zgarmas tokning berilishi va boshqalar) ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Passiv holatni buzuvchi yoki uning tarkib topishiga to’sqinlik qiladiganlarga tiklovchilar, katodli qutblanish, faol ionlar, harorat ko’tarilishi, passiv yuzaning mexanik buzilishi va boshqalar kiradi. Metallning passivlik hodisasi katta amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ko’pgina texnik metallar va qotishmalarning korroziyaga bardoshliligi ma’lum sharoitlarda ularning passivlanish xossasi bilan aniqlanadi. Oson passivlanadigan metallarga Cr, Ni, Mo, Ti, Al, W va boshqalar kiradi. Cr, Ni, Mo, Ti bilan kam passivlanadigan metallarni ligerlaganda (masalan, Fe bilan) qattiq eritma holidagi qotishma hosil bo’lishi sharti bilan ular o’z hususiyatlarini passivlanishga o’tkazishlari mumkin. Xuddi shuningdek ligerlangan po’lat va cho’yanlarni olish mumkin. Download 36.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling