Тажриба машғулоти№9


Ichimlik suvining bakteriologik tarkibi bo‘yicha me’yorlari


Download 58.89 Kb.
bet3/3
Sana23.03.2023
Hajmi58.89 Kb.
#1288145
1   2   3
Bog'liq
3-лаборотория

Ichimlik suvining bakteriologik tarkibi bo‘yicha me’yorlari



Ko‘rstakichlar

Me’yorlar

1.

1 ml. suv tarkibidagi mikroblar soni

100 dan oshmaslik kerak

2.

1 litr suvdagi «Ichak tayoqchalari» guruxiga kiruvchi bakteriyalar soni

3 dan oshmasligi kerak

Ichimlik suvining organoleptik xususiyatlari bo‘yicha me’yorlari



Ko‘rsatkichlar

Me’yorlar

1.

20oS va 60oS isitilgandagi suv hidi, ball

2 gacha

2.

20oS da suvning mazasi, ball

2 gacha

3.

Suvning rangi, gradus

20 gacha

4.

Suvning loyqaligi, standart bo‘yicha, mg/l

1,5 gacha

Ichimlik suvining organoleptik xossalariga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha me’yorlari



Ko‘rsatkichlar

Me’yorlar

1.

rN ko‘rsatkichi

6,0-9,0

2.

Temir, mg/l

0,3 gacha

3.

Suvning umumiy qattiqligi mg/ekvl

7 gacha

4.

Marganets, mg/l

0,1 gacha

5.

Mis, mg/l

0,1 gacha

6.

Qoldiq polifosfatlar, mg/l

3,5 gacha

7.

Sulfatlar, mg/l

500 gacha

8.

Xloridlar mg/l

350 gacha

9.

Quruq qoldiq, mg/l

1000 gacha

10

Rux, mg/l

5,0 gacha

1. Suv ob’ektlarini muhofaza qilish maqsadida:


suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda sanitariya-muhofaza zonalari hududlarida xavfli ob’ektlarni joylashtirish;
xo‘jalik-ichimlik, kommunal-maishiy va baliqchilik xo‘jaligiga mo‘ljallangan maqsadlarda foydalaniladigan suv ob’ektlariga, joy relefiga, shuningdek, er osti suvli gorizontlariga hamda sug‘orish maydonlariga tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqava suvlarni tashlash;
shahar va posyolka kanalizatsiya tizimlariga mahalliy tozalash inshootlarida oldindan tozalamasdan kanalizatsiya tizimiga qabul qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish oqava suvlarini tashlash;
kanalizatsiya tizimlariga tarkibida hali aniqlash usullari belgilanmagan moddalar bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarini tashlash;
oqava suv tozalashning talab etiladigan uskuna va inshootlari va ularni nazorat qilish vositalari bilan jihozlanmagan xo‘jalik va boshqa faoliyatning statsionar ob’ektlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish;
suv ob’ektlarining yuzasidagi o‘zi yurar va o‘zi yurmaydigan kemalar, shuningdek, boshqa ob’ektlardan ularda hosil bo‘ladigan oqava suv va chiqindilarni to‘plash moslamalarisiz foydalanish;
suv ob’ektlariga ishlab chiqarish, maishiy va boshqa chiqindilarni tashlash, shu jumladan suv ob’ektlari va ularning sohillarini chiqindilar bilan ifloslantirish;
ruxsat etilmagan joylarda oqava suvlarning cho‘kindilarini saqlash yoki joylashtirish;
oqava suvlarning suv ob’ektlariga va joy relefiga ko‘plab chiqarilishi;
ichimlik, xo‘jalik-maishiy va davolash maqsadlarida foydalaniladigan yoki foydalanish uchun istiqbolli bo‘lgan er osti suvlarini to‘yintirish va olish sohasida kimyoviy, bakteriologik yoki radiatsiyaviy ifloslanish manbai bo‘lgan chiqindilarni ko‘mish, axlatxona, qabriston, chorva mollari qabristonlari va boshqa ob’ektlarni joylashtirish;
ichimlik suvi sifatiga ega bo‘lgan er osti suvlaridan boshqa ehtiyojlar uchun asossiz foydalanish;
burg‘ulash jarayonida hosil bo‘ladigan oqava suv va shlamlarni tashlash uchun loydan qurilgan turli himoyalanmagan omborlar, to‘plagich hovuzlar, shuningdek, karstli voronkalar va boshqa chuqurliklardan foydalanish;
foydali qazilmalarni qazib olish, suv sathini pasaytirish ishlari, meliorativ erlarda drenaj tizimlarini qurish va ulardan foydalanish paytida er osti suvlarini ifloslantirish;
dalalarning drenaj suvlarini va aholi punktlari hududlarida jala yomg‘ir oqava suvlarini jarlik va soyliklarga chiqarib tashlash;
markazlashtirilmagan suv ta’minotida ishlatiladigan er osti suvlari to‘planadigan joylarda zaharli kimyoviy vosita va o‘g‘itlarni qo‘llash va saqlash;
qishloq xo‘jaligi erlarini ushbu erlar va er osti suvlari holatiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki salbiy ta’sir ko‘satishi mumkin bo‘lgan oqava suvlar bilan sug‘orish.
2. Faoliyati natijasida oqava suvlar hosil bo‘ladigan xo‘jalik yurituvchi va boshqa sub’ektlar:
ifloslantiruvchi moddalarning suv ob’ektlari va joy relefiga tashlash normativlariga rioya etilishini, shuningdek, ularni kamaytirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
er usti va er osti manbalaridan olinadigan suv miqdori hamda sifati, shahar suv ta’minoti tizimi yoki boshqa korxonaning suv ta’minoti tizimidan olinadigan suv hajmi hisobini, shuningdek, oqava suvlar tashlamalari (er usti suv ob’ekti, joy relefi, kanalizatsiya tizimi, alohida qazilgan o‘ralar, parlanish maydonlari, filtrlash maydonlari, sug‘oriladigan dehqonchilik dalalariga va boshqalarga) hisobini yuritadi;
oqava suvlarni tozalashga mo‘ljallangan uskunalar va inshootlardan foydalanish qoida va rejimlariga rioya qiladi;
xom ashyo, ishlab chiqarish mahsulotlari, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish chiqindilari, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni saqlash idishlarining suv o‘tkazmasligini ta’minlaydi;
tuproq yuzasidagi ifloslangan suvlarning er osti suv gorizontlariga sizib o‘tishining oldi olinishini ta’minlaydi;
neft va neft mahsulotlarini to‘plash tizimlarining germetikligini ta’minlaydi;
foydalanib bo‘lgan karerlarning rekultivatsiya qilishni ta’minlaydi.
3. SHahar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimlariga abonentlarning mahalliy tozalash inshootlarida dastlab tozalamasdan:
abonentlarning tarkibida quvurlar, quduqlar, panjalarga tiqilib qoladigan yoki quvurlar, quduqlar devorlarida, panjaralarda o‘tirib qoladigan (metall zaki, to‘pon, ohak, qum, gips, metall qirindilari, hayvon qoldiqlari hamda kelib chiqishi organik bo‘lgan chiqindilar) moddalar, qurilish va maishiy chiqindilar, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik chiqindilari bo‘lgan ishlab chiqarish oqavalarining;
kommunal-ekologik normalarda belgilanmagan shartli toza oqava suvlarni, tarkibida bo‘yoqlar bo‘lgan oqava suvlarni, sanoat korxonalar maydonlarida (yomg‘ir, qor va muz erigan, sug‘orish-yuvish suvlari) hosil bo‘ladigan yuza oqava suvlarni, ishlab chiqarish maydonlari va hududlarning (kanalizatsiya tizimiga umumiy yoki alohida tashlanadigan) sizot suvlar sathi pasaytishi tufayli hosil bo‘ladigan drenaj suvlarning;
kanalizatsiya-tozalash inshootlarining quvurlari va texnologik kommunikatsiyalariga emiruvchan ta’sir ko‘rsatadigan moddalar, ishlab chiqarish oqava suvlarini biologik tozalashga to‘sqinlik qiluvchi konsentratsiyadagi zararli moddala, xavfli bakteriologik ifloslantiruvchi moddalar, erimaydigan ishlab chiqarish neft mahsulotlari, biologik jihatdan qiyin oksidlanadigan organik, yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, shuningdek, mineral moddalarning;
suv ob’ektiga kelib tushadigan, sarfi va tarkibi ifloslantiruvchi moddalar hajmi va miqdorining ruxsat etilgan belgilangan normalaridan oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlari, harorati 40°C dan yuqori, suv muhitining ko‘rsatkichi rN 6,5 dan past yoki 9 dan yuqori bo‘lgan, kisloroddagi kimyoviy ehtiyoj darajasi (KKE) kisloroddagi biologik ehtiyojga (KBE5) nisbatan 2,5 martadan ortiq bo‘lsa yoki KBEto‘liq 1,5 marta – 500 mg/l.dan oshmaydigan, muallaq va qalqib chiquvchi moddalar 500 mg/l dan ortiq konsentratsiyalardan oshuvchi, kanalizatsiya tarmoqlariga tashlamalarning ruxsat etilgan cheklangan limitlari belgilanmagan moddalari bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarining;
kanalizatsiya tarmoqlari va tozalash inshootlarida zaharli gazlar (oltingugurt vodorodi, oltingugurt uglerodi, sianidvodorodli kislota, oson uchuvchan aromatik uglevodorodlar bug‘lari va boshqalar) hamda boshqa portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan, zaharli aralashmalar, konsentratsiyalangan qo‘r va kub eritmalarni hosil qilishga qodir bo‘lgan kislota, qaynoq aralashma, toksik va gazsimon moddalarni, xususan, erituvchilar (benzin, dietilli efir, dixlormetan, benzol va boshqalar) bo‘yoqlar, shuningdek, tarkibida radioaktiv moddalar bo‘lgan oqava suvlarning tashlanishi taqiqlanadi.
4. Tarkibida radioaktiv moddalar bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarini qabul qilish uchun maxsus kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lmaganda, ular shahar yoki boshqa aholi punktining kommunal kanalizatsiya tizimiga radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanishning boshqa manbalari bilan ishlashning radioaktiv xavfsizlik normalari va sanitariya qoidalariga muvofiq qabul qilinadi.
5. SHaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimlarida o‘zaro ta’siri emulsiyalar, zaharli yoki portlash xavfi bo‘lgan gazlar, shuningdek, katta miqdordagi erimaydigan moddalarni (misol uchun, tarkibida kalsiy yoki magniy tuzlari va ishqorli eritmalar; soda va nordon suv; natriy sulfidi va tarkibida ishqor, xlor va fenollar haddan tashqari ko‘p bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlari) hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarining qo‘shilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Download 58.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling