Тажриба машғулоти№9


Download 58.89 Kb.
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi58.89 Kb.
#1288145
1   2   3
Bog'liq
3-лаборотория

Ish maqsadi: Suv resurslarini ifloslanganlik koeffitsenti (SRIK)ni aniqlash.
Ishni bajarish uslubi: Suv resurslarining sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun suv resurslarini ifloslanganlik koeffitsenti (SRIK)ni aniqlash kerak.
SRIK quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
SRIK=
Bu erda: SRIK - suv resurslarining ifloslanganlik ko‘rsatkichi
n – nazorat qilinadigan ko‘rsatkichlar soni

C1,C2…Cn – ifloslantiruvchi elementning haqiqiy konsentratsiyasi, mg/l.
CREK1, CREK2 … CREKn - ifloslantiruvchi elementning ruxsat etilgan konsentratsiyasi, mg/l.
6- jadval
Oqava suvlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi



Moddalar nomi

REK, mg/l


Ammoniyli azot

1


Fenollar

0,0018


Neft maxsulotlari

0,05


Sirt faol modda

0,09


Fosfatlar

0,29


Muallak modda

6,67


BPK

3,33


Temir

0,0018


Mis

1

Har bir talabaga berilgan topshiriq belgilangan ob’ektdan chiqayotgan oqova suvlar tarkibidagi ifloslovchi elementlarning haqiqiy konsentratsiyalari yozib olinadi va yuqorida berilgan formula yordamida talaba SRIK ni hisoblanadi. Hisoblangan SRIK ning miqdoriga qarab suv manbalarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin.


7- jadval

Sinf

Suvning turi

Miqdori

1

Toza

0,3 va undan kam

2

Toza

0,31 – 1,0

3

Kam ifloslangan

1,1 – 2,5

4

Ifloslangan

2,51 – 4,0

5

Iflos

4,1 – 6,0

6

O`ta islof

6,1 – 10,0

7

Juda iflos

>10,0

Suvda, haroratga bog‘liq holda, gazlarning eruvchanligi (tajribada aniqlangan) haqidagi ma’lumot.


8-jadval

Suv xarorati

Eruvchanlik, mgl

0S

SO2

O2

N2

0
10
25
50
100

3350
2310
1450
700
0

69.5
53.7
39.3
26.6
0

7070
5110
3380
1680
0



1 – rasm. Suvni tozalash sxemasi.

2 – rasm. Suvni yumshatish uchun qurilma sxemasi:
1 – kationitli filtr; 2 – anionitli filtr; 3 – degazator; 4 – suv yig‘gich.
9-jadval
Sanoatda bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan muv sarfi jadval



Jarayonlar nomi

Suv sarfi, m3tn

1

Neftni tozalash

18

2

Po‘lat quyish

25

3

Alyuminiy eritish

100

4

Po‘lat prokati

200

5

Paxtani kimyoviy oqlash

280

6

Azot kislotasi ishlab chiqarish

200-250

7

Nikel eritish

800-850

8

Ammiak ishlab chiqarish

800-1000

9

Sintetik rezina ishlab chiqarish

2400

10

YOg‘ochdan qog‘oz ishlab chiqarish(shu jum-ladan yarim mahsulotlar ishlab chiqarish)

100-1560

Bajarilgan ishning natijalari: Talaba SRIK qiymatini jadvaldagi qiymatlar bilan solishtirib, topshiriqda berilgan ob’ektdan chiqayotgan iflosliklar turi qaysi sinfga mansubligini aniqlaydi va suvni muhofaza qilish tadbirlari zarurligini aytadi.
10- jadval
Topshiriqni bajarish uchun ma’lumotlar

Variant nomeri

V,
ming.m3/y

Ifloslantiruvchi moddalarning xaqiqiy miqdori, mg/l

Ammoniyli azot

Fenollar

Neft maxsulotlari

Sirt faol modda

Fosfatlar

Muallak modda

BPK

Temir

Mis

1

240

2,35

0,064

6,29

0,055

0,15

10,0

37,1

1,80

0,061

2

260

0,79

0,094

24,0

0,102

0,026

17,3

40,4

1,62

0,055

3

280

1,29

0,16

12,06

0,13

0,53

32,5

84,0

2,45

0,240

4

300

5,9

0,08

13,04

0,46

0,61

14,7

95,4

1,0

0,064

5

320

2,64

0,072

18,2

0,092

0,34

22,6

51,7

1,53

0,086

6

0,9

4,4

0,3

0,09

7,2

0,11

0,58

14,0

32,7

1,10

7

1,2

1,31

0,048

2,04

0,21

0,22

1,64

17,3

1,64

0,008

8

1,5

1,78

0,43

9,82

0,17

0,21

20,0

78,3

2,45

0,055

9

1,8

5,9

0,07

3,53

1,1

0,6

13,0

98,0

1,2

0,01

10

2,0

3,62

0,21

8,37

0,18

0,28

18,5

28,3

1,47

0,038

11

230

3,15

0,087

11,6

0,227

0,46

18,3

64,2

1,78

0,094

12

250

2,88

0,92

21,69

0,114

0,59

29,70

78,0

2,22

0,107

13

270

0,81

0,101

7,62

0,34

0,18

12,0

94,6

1,14

0,217

14

290

4,52

0,071

15,79

0,069

0,098

18,8

53,7

1,5

0,085

15

310

1,82

0,154

22,74

0,317

0,38

20,6

68,5

2,11

0,168

16

1

1,54

0,240

6,65

0,94

0,59

19,5

18,6

4,45

0,071

17

1,3

5,14

0,096

7,15

4,32

0,17

17,4

86,1

3,5

0,042

18

1,6

2,65

0,197

4,56

1,160

0,33

12,8

43,0

1,83

0,06

19

1,9

4,29

0,09

2,7

0,63

0,14

6,25

58,4

2,32

0,077

20

2,2

4,8

0,088

0,98

0,47

0,59

12,4

77,0

2,77

0,078

21

2,3

3,82

0,24

7,37

0,28

0,38

18,54

38,3

3,47

0,068

22

239

3,45

0,077

10,6

0,327

0,56

15,3

94,2

3,78

0,084

23

260

1,88

0,82

20,69

0,214

0,89

30,70

68,0

2,92

0,97

24

250

1,81

0,121

9,62

0,54

0,28

18,0

74,6

1,94

0,296

25

270

3,52

0,091

13,79

0,099

0,118

19,8

63,7

1,85

0,205



2- лаборатория иши Оқова сувларни таҳлил қилиш
1. Ifloslangan suvlarning sinflanishi
Sanoat korxonasidan ajralib, ishlatib bo‘lingan va tozalashga yuboriladigan barcha suvlar oqova suvlar deb ataladi.
I. Oqova suvlar taxminan 3 turga bo‘linadi:
1. Ishlab chiqarish suvlari – bu suvlarga texnologik jarayonda ishlatilgan yoki tabiiy qazilmalarni qazib olishda hosil bo‘lgan suvlar kiradi.
2. Maishiy suvlar - ishlab chiqarish va boshqa binolarning sanitar qismlaridan, yuvinish xonalaridan chiqadigan suvlar.
3. Atmosfera suvlari - yomg‘ir va qor erishidan hosil bo‘lgan suvlar.
II. Ishlab chiqarish suvlari ifloslangan va ifloalanmagan (taxminan toza) suvlarga bo‘linadi. Ifloslangan ishlab chiqarish suvlari turli birikmalar bilan ifloslangan bo‘lib, 3 guruhga bo‘linadi:
1. Mineral aralashmalar bilan ifloslangan suvlar (mineral o‘g‘it, kislota, qurilish buyumlari ishlab chiqarish korxonalaridan hosil bœlgan suvlar).
2. Organik aralashmalar bilan ifloslangan suvlar (neft-kimyo korxonalari, polimer, plastmassa ishlab chiqarish korxonalaridan ajralgan suvlar).
3. Mineral va organik aralashmalar bilan ifloslangan suvlar (neftni qayta ishlash, neft ishlab chiqarish korxonalaridan hosil bo‘lgan suvlar).
III. Ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasiga qarab oqova suvlar 4 guruhga bo‘linadi:
1. 0 - 500 mg/l gacha
2. 500 - 5.000 mg/l
3. 5.000 - 30.000 mg/l
4. 30.000 mg/l dan yuqori bo‘lgan.
Muhitning rN iga qarab:
noagressiv - rN = 6,5-8,0
kuchsiz agressiv - rN = 6-6,5 i 8-9
agressiv - rN<6 va rN>9
IV. Suvlar korxonada suv bilan ta’minlash tizimida ishlatishga qarab 4ta kategoriyaga bo‘linadi:
1. Issiqlik almashtirgichlarda sovitish uchun ishlatiladigan suvlar, ya’ni moddalar bilan kontakt qilmaydigan suvlar.
2. Turli mexanik aralashmalar bilan ifloslangan suvlar, (muhit uchun xizmat qiladigan suvlar, ya’ni erimaydigan moddalar bilan kontakt qiladigan suvlar).
3. Isitish uchun va skrubberlarda gazlarni tozalash uchun ishlatiladigan suvlar.
4. Turli moddalar bilan aralashgan suvlar, ekstragent va erituvchi sifatida ishlatiladigan suvlar.
Oqova suvlar, yuqorida aytilgandek, juda ko‘p birikmalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Bunday birikmalarga organik, noorganik moddalar kirib, ular oqova suvda erigan ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday oqova suvlarning sifat tahlili ancha qiyinchilik tug‘diradi, chunki turli tarkibdagi oqova suvlar o‘zaro aralashgandan so‘ng ular o‘rtasida turli kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘lishi mumkin va bu o‘z yo‘lida yangi moddalar vujudga kelishiga olib keladi. Masalan, suvlar xlorlanganda suvda noorganik va organik birikmalarning oksidlangan ko‘rinishi, Cl birikmali modda hosil bo‘lishi mumkin. Bioximik usulda tozalangan oqova suvlarda esa butunlay yangi organik birikmalarni uchratish mumkin. SHuning uchun har qanday yangi texnologiyalarni, jarayonni tatbiq qilishdan oldin juda ko‘p izlanishlarni olib borish kerak. Har qanday tahlil usuli standart sun’iy oqova suvlarda tekshirib ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
Tahlil usuliga 3 ta talab qo‘yiladi: sezgirlik, aniqlik va yo‘nalganlik.
Sezgirlik tahlilning asosiy maqsadi bo‘lib, lekin o‘ta sezgirlik ham xatoga olib kelishi mumkin.
O‘ta sezgir usullar, asosan, kam hajmdagi namunalarni tahlil qilish uchun qo‘llaniladi. Tahlil uchun ko‘pincha 100-200 ml suv namunalari ishlatiladi. Ba’zan 1l va undan ortiq suv namunasi olinib, konsentrlanadi.
Ba’zi bir suv namunalarida tahlilga xalaqit beruvchi moddalar mavjud bo‘lib, ularning ta’sirini kamaytirish uchun, suv namunalari 10-20 marta suyultiriladi va shundan keyin tahlil qilinadi. Namuna necha marta suyultirilgan bo‘lsa, chiqqan natija shuncha marta oshiriladi.
V.Tahlilga xalaqit beruvchi moddalarni 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Xalaqit beruvchi modda tahlil qilinmoqchi bo‘lgan modda bilan birga tahlil natijasida ko‘rinadi va olingan natijalar sun’iy oshirilgandek bo‘lib qoladi.
2. Xalaqit beruvchi modda tahlil qilinuvchi modda bilan reaksiyaga kirishib eritmadagi konsentratsiyani kamaytiradi va olingan natijalar sun’iy kamaytirilgandek bo‘lib qoladi.
3. Xalaqit beruvchi modda tahlilda ishlatiladigan reaktiv bilan reaksiyaga kirishadi va tahlilni boshlash imkoniyatini bermaydi.
VI.Xalaqit beruvchi moddalarni chetlatish usullari quyidagilardir:
1. Aniqlanishi kerak bo‘lgan modda bilan xalaqit beruvchi moddani fizik ajratish (masalan, cho‘ktirish, filtrlash).
2. Xalaqit beruvchi moddani ajratmasdan, shu eritma o‘zida shu moddani oksidlash yoki qaytarish bilan boshqa moddaga aylantirish.
3. Xalaqit beruvchi moddani ajratmay boshqa reagent ta’sirida kompleks birikma ko‘rinishiga aylantirish.
4. Ba’zan xalaqit beruvchi moddani ajratmay eritma pH ini o‘zgartirish.
5. Suv namunasi fotometrik usulda tahlil qilinganda xalaqit beruvchi moddaning ta’sirini yo‘qotish uchun to‘lqin uzunligini o‘zgartirish.

Download 58.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling