Tajriba mashg’ulot. Issiqlik almashinish jarayonini bir yo‘lli isitgichda o‘rganish. Nazariy qism
Download 163.38 Kb.
|
Issiqlik almashinish jarayonini bir yo‘lli isitgichda o‘rganish.
Tajriba qurilmasining tuzilishi
Bir yo’lli issiqlik almashinish qurilmasi (1- rasm) silindirsimon qobiq (1) ichiga joylashgan trubalardan (2) iborat. Trubalarning uchi truba to’riga (3) mahkamlangan. Qurilma yuqorisi va pastidan qopqoqlar (4) bilan yopilgan. Trubalar ichidan oqayotgan sovuq suv bak (5)da qaynash temperaturasigacha qizdirilgan va shtuser (6) orqali qurilma trubalari orasidagi bo’shliqqa beriladigan issiq suv bilan qizdiriladi. Vodoprovoddan kelayotgan sovuq suv qurilmaning pastki qismida shtuser (7) bilan berilib trubalar orqali yuqoriga harakatlanadi. Sovuq suvning temperaturasi termometr (8) yordamida o’lchanadi. Qurilmadan jo’mrak (12) orqali chiqarilayotgan issiq suvning temperaturasi termometr (10) yordamida o’lchanadi. Qurilmadan o’tayotgan sovuq va issiq suv sarfi (5) va (18) baklardagi o’lchov shkalalari yordamida aniqlanadi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo’lganda ularning trubalardagi tezligi kichik bo’lib, issiqlik o’tkazish koeffitsienti ham kichik qiymatga ega bo’ladi. Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish uchun ko’p yo’lli isitkichlar ishlatiladi. Ko’p yo’lli isitkichlarda trubalarni seksiyalarga bo’lish uchun isitkichning qopqog’i bilan truba to’rining orasiga ko’ndalang to’siqlar o’rnatiladi. Natijada yo’llar soniga proporsional ravishda oqim tezligi oshadi. Bu esa issiqlik berish va issiqlik o’tkazish koeffitsientlarining oshishiga olib keladi. Ikki yo’lli isitkichda (1,2-rasm) silindrsimon qobiq (1) ning truba to’rlari (3) orasiga to’rt dona truba (2) joylashtirilgan. Qobiq bilan truba to’ri orasiga to’siq (17) o’rnatish natijasida qurilma ikkita seksiyaga bo’lingan. Vodoprovoddan kelayotgan sovuq suv qurilmaning birinchi seksiyasiga shtuser orqali kirib birinchi yo’lning trubalari orqali pastga tushib, ikkinchi seksiyaning trubalari orqali yana yuqoriga ko’tariladi va shtuser (16) orqali o’lchash idishi (18) ga tushadi.
1 - isitgich qobig’i; 2 - ichki trubalar; 3 - truba to’ri; 4 - qopqoq; 5, 18- o’lchov shkalali baklar; 6, 7, 16 - shtuserlar; 8, 9, 10 - termometrlar; 11, 12, 13, 14 - jo’mraklar; 16 - elektr isitgich, 17 - to’siq. Qaynagan suv bakdan trubalar orasidagi bo’shliqga shtuser (6) orqali berilib jo’mrak (12) orqali qurilmadan chiqariladi. Issiq va sovuq suvning temperaturalari termometrlar (8,9 va 10) yordamida o’lchanadi. Download 163.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling