Tajriba mashg’ulot. Issiqlik almashinish jarayonini bir yo‘lli isitgichda o‘rganish. Nazariy qism
Download 163.38 Kb.
|
Issiqlik almashinish jarayonini bir yo‘lli isitgichda o‘rganish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir yo’lli isitgich
- Ikki yo’lli isitgich
- Sinov natijalarini hisoblash
Sinov o’tkazish uslubi.
Bir yo’lli va ikki yo’lli isitkichlarda suvning turli sarflarida uchtadan sinov o’tkaziladi. Sinovni boshlashdan oldin qurilma ishga tayyorlanadi: Bakdagi suv isitkich yordamida qaynash temperaturasigacha qizdiriladi. Jo’mraklar (13 va 14) ochilib sovuq suvning sarfi o’rnatiladi. So’ngra (11) jo’mrak ochilib qaynagan suv qurilmaga beriladi. Sovigan suv qurilmadan oqib chiqishi uchun jo’mrak (12) ochiladi. Sovuq suvning temperaturasi asta-sekin ko’tarila boshlaydi. Ma’lum vaqt o’tgach uning temperaturasi o’zgarmay qoladi. Bu holat isitkichda turg’un rejim boshlanishini tavsiflaydi. So’ngra suv sarfi o’zgartirilib yana yuqoridagi tartibda ikkita sinov o’tkaziladi. Shu tartibdagi sinov ikki yo’lli isitkichda ham o’tkaziladi. Sinov natijalari 1 - jadvalda qayd qilinadi. 1.-jadval
Sinov natijalarini hisoblash1.Issiqlik almashinish qurilmasidagi suvning oqimi uchun Reynolds kriteriyasi aniqlandi: (10) - suvning isitkichdagi harakatlanish tezligi, m/s; dekv - suv oqayotgan trubaning ekvivalent diametri, m; - suvning dinamik qovushqoqlik koeffitsienti, Pa s; - suvning zichligi kg/m3 Suvning tezligi sarf tenglamasidan aniqlanadi (11) V- suvning hajmiy sarfi, m3/s; (12) - vaqt davomida qurilmadan oqib o’tgan suv hajmi, m3. Suv oqimining ko’ndalang kesim yuzasi; issiq muhit uchun (13) sovuq muhit uchun (14) - qurilmaning diametri, m; dt - trubaning tashqi diametri, m; di - trubaning ichki diametri, m; n’ - bir yo’ldagi trubalar soni 2. Reynolds kriteriyasining qiymatiga mos holda suvning qurilmadagi oqim rejimi aniqlanadi. 3.Oqim rejimiga mos holda Nuselt kriteriyasini hisoblash uchun (5), (6) yoki (7) formulalardan biri tanlanadi va u hisoblanadi. 4. Issiqlik berish koeffitsientlari aniqlanadi: (15) 5. (1.3) formula bo’yicha issiqlik o’tkazish koeffitsienti aniqlanadi. 6. Issiqlik o’tkazish koeffitsientining hisoblab topilgan qiymatlari bir-biri bilan solishtirilib, tegishli xulosa qilinadi. Download 163.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling