Tajriba mashg’ulot. Issiqlik almashinish jarayonini bir yo‘lli isitgichda o‘rganish. Nazariy qism
Download 163.38 Kb.
|
Issiqlik almashinish jarayonini bir yo‘lli isitgichda o‘rganish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
TAJRIBA MASHG’ULOT. ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONINI BIR YO‘LLI ISITGICHDA O‘RGANISH. Nazariy qism. Kimyo va oziq-ovqat maxsulotlari qayta ishlash sanoati korxonalarida issiqlik almashinish jarayonlari juda keng tarqalgan jarayonlardan hisoblanadi. Moddalararo issiqlik almashinish ro’y beradigan agregatlar issiqlik almashinish qurilmalari deyiladi. Issiqlik balansi va issiqlik uzatish tenglamalari asosiy hisoblash formulalari bo’lib hisoblanadi. Suyuqlikni isitish yoki sovitishda issiqlik tashuvchining agregat holati o’zgarmasa, ya’ni gaz yoki suyuqlik issiqlik tashuvchi bo’lganda, issiqlik balansi tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. (1) bu yerda va - mos holda «issiq» va «sovuq» issiqlik tashuvchilarning sarfi, kg/c; - mos holda «issiq» va «sovuq» issiqlik tashuvchilarning solishtirma issiqlik sig’imi, ularning qiymati issiqlik tashuvchilarning o’rtacha temperaturasiga mos holda jadvaldan olinadi. , - mos holda, «issiq» issiqlik tashuvchining boshlang’ich va oxirgi temperaturasi, 0S; , - mos holda, «sovuq» issiqlik tashuvchining boshlang’ich va oxirgi temperaturasi, 0S; Qsarf - atrof muhitga sarf bo’lgan issiqlik miqdori. Uzluksiz jarayonlar uchun issiqlik o’tkazishning asosiy tenglamasi quyidagicha ifodalanadi: (2) bu yerda: K - issiqlik o’tkazish koeffitsienti, Vt/( m2 K); F - qurilmaning issiqlik almashinish yuzasi, m2; - issiq va sovuq muhit temperaturalarining o’rtacha farqi, 0S. Issiqlik o’tkazish koeffitsienti issiqlikning bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tish tezligini belgilovchi koeffitsient bo’lib, vaqt birligi ichida ajratuvchi devorning 1 m2 yuzasidan, muhitlar temperaturasi farqi 1 0S bo’lganda o’tkazilgan issiqlik miqdorini bildiradi. (8.2) formuladan ko’rinib turibdiki Q va ning bir xil qiymatlarida K ning qiymati oshishi bilan qurilmaning o’lchamlari, massasi, binobarin narxi kamayadi. Dumaloq shaklga ega bo’lgan trubalar uchun issiqlik o’tkazish koeffitsienti quyidagi formula yordamida aniqlanadi: (3) bu yerda: - issiq muhitdan isitish devoriga issiqlik berish koeffitsienti, Vt/(m2.K); - isitish devoridan sovuq muhitga issiqlik berish koeffitsienti, Vt/(m2.K); devor materialining issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti Vt/(m K); d1, d2 - issiq va sovuq muhitlar tomonidan trubaning diametri, m. Ishning maqsadi 1. Bir va ko’p yo’lli issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik almashinish jarayonini o’rganish. 2. Sinov natijalari bo’yicha issiqlik o’tkazish koeffitsientini aniqlash. 3. Bir va ko’p yo’lli issiqlik almashinish qurilmalari ishining effektivligini solishtirish. Download 163.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling