Tajriba mashg’uloti -1 mavzu: laboratoriya texnika xavfsizligi va ishlash qoidalari bilan tanishish. To’qimachilik tolalarini tahlil qilish


Laboratoriyada rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari


Download 41.9 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi41.9 Kb.
#1605523
1   2   3   4
Bog'liq
1 лаб

Laboratoriyada rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari
Laboratoriya tajribalarida e’tiborsizlik bilan ishlash oqibatidagina kutilmagan hodisalar sodir bo‘ladi. Ularning kelib chiqish sabablari asosan me’yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlik otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarni toza yuvmaslik, ularning sinishi, sistemada suyuqlikning bir idishdan ikkinchi idishga o‘tib ketishi va boshqalar.
Ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatoiy amal qilish kerak:

  • ish bajarish tartibini puxta o‘zlashtirmasdan va tajriba o‘tkazish uchun asboblarning to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak;

  • organik va noorganik birikmalarni bevosita xidlash, ushlash, tahmini tatish mutlaqo mumkin emas;

  • simob bilan ishlaganda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Tajriba davomida termometr sinsa yoki simob to‘kilsa, uni tezda maxsus usullar bilan yig‘ib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish lozim;

  • yonuvchan va uchuvchan suyuqliklarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita yoki gaz gorelkasidan uzoqda saqlash kerak.

Umuman, qizdirish maqsadlarida usti berk isitgich asboblardan foydalanish lozim. Yong‘in chiqqan taqdirda avvalo o‘t chiqishga sabab bo‘lgan manba (gaz gorelkasi, elektr rozetka va shunga o‘xshashlar) o‘chiriladi, so‘ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alanga yoyilib ketish ehtimoli bo‘lsa o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak;

  • reaksiya olib borilayotganda moddalar qizdirilayotgan idishlarga engashib qaramaslik kerak;

  • konsentrlangan kislotani suyultirish zarur bo‘lsa, suvni kislotaga emas, balki kislotani oz-ozdan suvga, idish devori bo‘ylab quyish kerak. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni ximiyaviy pipetkalarda o‘lchash qat’iy man etiladi, ularni faqat tomizgich yordamida o‘lchab olish lozim. Kislotalar saqlanadigan idishlarni, albatta, ehtiyotlik bilan, to‘kilmaydigan yoki sachramaydigan qilib ushlash kerak;

  • portlovchi aralashmalar hosil qilish xavfi bor gazlar bilan ishlashda reaktivlar nisbatiga alohida e’tibor berish kerak;

  • talaba shuni yodda tutishi kerakki, reaksiya uchun ishlatilayotgan birikmalar kuchli ta’sir etuvchi reagentlardir (konsentrlangan kislota, ishqor va hokazo). Ehtiyotsizlik kiyim-kechakni, terini, ko‘zni jarohatlash mumkin. SHuning uchun laboratoriyada nojo‘ya harakat qilmaslik, ish stolida faqat zarur buyumlarnigina saqlash kerak.

  • tajribalar tugagach, gaz, suv va elektr asboblarini o‘chirish kerak. talaba laboratoriyada o‘z ish joyini hamma vaqt tartibli va ozoda saqlashi lozim.



Download 41.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling