Tajriba qismi
ETILENNI TO‘G‘RIDAN TO‘G‘RI GIDRATATSIYA QILIB ETIL SPIRTI OLISH TEXNOLOGIYASI
Download 401.42 Kb.
|
alkenlar Risolat
ETILENNI TO‘G‘RIDAN TO‘G‘RI GIDRATATSIYA QILIB ETIL SPIRTI OLISH TEXNOLOGIYASI
Ishning maqsadi. Etilenni to‘g‘ridan-to‘g‘ri gidrotatsiya qilib, etil spirit ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasimi o’rganish. Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiyalab, etil spirti ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi. Gazni ajratish sexidan kelayotgan etilen 70 atmosfera bosimi ostigacha siqiladi, sirkulatsion gaz bilan aralashtirilib va bug‘ kondensati bilan birga 1,2–issiqlik almashtirgichga yuboriladi. Neytrallanish mahsulotlari issiqligi hisobiga aralashma 200ºC gacha isiydi. Keyin bug‘–gaz aralashmasi 3–pechda 280–290ºC gacha isitiladi va 4–gidratatorga keladi. Bunda u katalizator qavati orqali yuqoridan pastga tomon o‘tadi. Gidratatordan chiqishda bug‘–gaz aralashmasi (olib ketilgan H3PО4, spirt, etilen, suv) NaОH bilan neytrallanadi, Natriy tuzlari 5–tuz ajratkichda ajratiladi, bug‘-gaz aralashmasi esa 1,2–issiqlik almashtirgichda sovitilgandan so‘ng 6–yuqori bosim separatoriga yo‘naltiriladi, 5–6 atmosfera bosimi ostigacha drossellanadi va 8–quyi bosim separatoriga yuboriladi. Gaz aralashmasi yuqori bosim separatoridan spirtni suv bilan yuvib tashlash uchun 7–skrubberga keladi, so‘ng siqiladi va jarayonga qaytariladi. 7–skrubberdan bosimni 5–6 atmosfera bosimi ostigacha tushirish hisobiga erigan etilenni ajratish uchun spirtli kondensat 8–quyi bosim separatoriga boradi. Etilen siqish uchun yuboriladi va jarayonga qaytariladi yoki gazni ajratish sexiga jo‘natiladi. Suvli spirt esa rektifikatsiyaga yo‘naltiriladi. Аsosiy apparatlar: 1. Gidratator. Ichi bo‘sh, butun quyilgan apparat, dtashqi=1400 mm, dichki=1260 mm, futerovkasi misdan. Katalizator qatlamining balandligi 7 m plyus 1 m yoyuvchiniki. 1t absolut spirt uchun katalizator sarfi– 5,25 kg. To‘g‘ridan-to‘g‘ri gidratatsiya usuli o‘ta istiqbolli, uning keyingi mukammallashtirilishi eng ko‘proq faol katalizatorlarni tanlab olish bilan va suyuq fazada gidratatsiya jarayonini olib borish yo‘llarini qidirib toppish bilan bog‘liqdir; shu bilan birga jarayon haroratini pasaytirish va etilen konversiyasini oshirish mumkin bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri gidratatsiya usuli kata quvvatli qurilmalar yaratish imkonini beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri gidratatsiya jarayonining kamchiligi – katalizatorni tez-tez almashtirilish va qimmatroq konsentrlangan etilen fraksiyasini ishlatilishi bo‘ladi. Shu sababli sanoatda ikki usul mavjud. АQSHda olefinlarni gidratatsiya qilishda sulfat kislota usuli ishlatiladi. Hamdo‘stlik mamlakatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gidratatsiya yo‘li bilan etil spirti, sulfat kislota usuli bilan esa izopropil spirit olinadi. Download 401.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling