Tajriba qismi


IZOPROPIL SPIRTI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI


Download 401.42 Kb.
bet12/14
Sana26.03.2023
Hajmi401.42 Kb.
#1298432
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
alkenlar Risolat

IZOPROPIL SPIRTI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Ishning maqsadi. Izopropil spirtini ishlab chiqarish uchun propilenni sulfat kislota ishtirokida gidratatsiya usulida ishlatilgan texnologik sxemani o’rganish. Propilenni sulfat kislota ishtirokidagi gidratatsiya usuli texnologik sxemasi quyidagi chizmada keltirilgan.

11-chizma. Propilenni sulfat kislota ishtirokida gidratatsiya qilib etil spirti ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi.
Ishning borishi. Kerakli kontsentratsiyadagi sulfat kislota 1–absorberni yuqori likopchasiga, quyi likopchasiga esa berilgan bosimgacha avvaldan siqilgan olefinlar yo‘naltiriladi.
Аbsorberda alkilsulfatlar hosil bo‘ladi va ularni qisman gidrolizi sodir bo‘ladi. Kolonnaning o‘rta likopchalaridan 2–nasos yordamida suyuqlikning bir qismi yuqori likopchaga uzatiladi 1–absorberdan chiqayotgan gazda kislota sachratqilari, spirt va efir bug‘lari bo‘ladi. Shu sababli, u 3 drosselli jo‘mrak yordamida bosimi pasaytirilgach 4–skrubberda suv bilan yuviladi, yuvindi suv esa gidroliz bosqichida ishlatiladi. 1–absorberni quyi qismidan reaksion massa 3–reduksion jo‘mrak orqali o‘tib, bosimi 1,5 atmosfera bosimi ostida gacha pasaytiriladi va 5–gidroli- zer – aralashtiruvchiga tushadi. Bu yerga suv 4–skrubberdan beriladi. Suyultirilgan massa 6–gidroliz–bug‘latgichga tushadi va alkilsulfatlarni gidrolizi yakunlanadi, spirt, efir va polimerlar ajratiladi. 6–Gidrolizerdan chiqayotgan suv, spirt, efir va polimer bug‘larida kislota xarakterli qo‘shimchalar mavjud, shu sababli 5% –li NaОH eritmasi kiritilayotgan 7–likopcha tipidagi neytralizatorga yuboriladi. Neytralizatorga suv bug‘ini bevosita berish natijasida reaksiya mahsulotlarining kondensatsiyasining oldi olinadi. So‘ngra ular 8–sovitkich–kondensatorda kondensatlanadi. Оlingan kondensat spirt va efirlarning suvdagi eritmasi bo‘lib, polimerlar emulsiyasini o‘z ichida saqlaydi. Ularni ajratish uchun kondensat 10–separatorga yo‘naltiriladi. U yerda 9–yuvgich suvi bilan qo‘shimcha suyultirilgach va so‘ngra tindirilgach polimerlar to‘liq ajraladi. 9–yuvgichda polimerlar bilan ushlab qolingan spirt va efir ajratib olinadi; 10– separatorda yuvishga qo‘llanilgan suv kondensatni suyultirishga va polimerlarni to‘liq ajratib olishga ishlatiladi. Spirtning suvli eritmas (odatda, 25% ga yaqin)ni va efir (3–5%) ni 11 yig‘gichda yig‘iladi va u yerdan rektifikatsiyaga yo‘naltiriladi. Аnalogik sxema bo‘yicha etil spirit olinadi.

Download 401.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling