4-tajriba. -Naftolaranj sintezi
Laboratoriya ishidan maqsad: Ushbu laboratoriya ishida talabalar diazo va azo birikmalar tuzilishi nomlanishi, olinishi va kimyoviy xossalaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun laboratoriya sharoitida -naftolaranj sintezini tajriba orqali ko’radilar va amaliy ish davomida o’zlarining bilim hamda ko’nikmalarini oshirishiradilar.
Kerakli reaktivlar: sulfanil kislota 1 g, o’yuvchi natriy 10 % li 2 ml, natriy nitrit 0.4 g, хlorid kislota 8% 5 ml, -naftol 0.7g, natriy xlorid 5 g, suv 5 ml.
Jihozlar: 25 ml li stakan, lakmus qog’oz, shisha tayoqcha, filtr qog’oz, Byuxner voronkasi.
Ishni bajarish tartibi: 25 ml li stakanda 1 g sulfonil kislota, 2 ml 10% li ishqor eritmadan ozroq qizdirib eritiladi. Eritmani muhiti ishqoriy muxitga ega ekanligini lakmus qog’oz bilan tekshirib so’ngra unga 0,4 g natriy nitritning 5 ml-li suvdagi eritmasini qo’shiladi. Hosil bo’lgan aralashma boshqa stakanda tayyorlangan 0,7 g -naftol, 10 ml 10%-li ishqor eritmasiga aralashtirib quyiladi va 20 minut shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Hosil bo’lgan qizil rang eritmaga 5g maydalangan osh tuzi qo’shib aralashtiriladi va 0,5 soatga qoldiriladi. Hosil bo’lgan cho’kma filtrlanib 5 ml sovuq suv bilan yuviladi. Hamda filtr qog’oz orasida quritiladi. - naftoloranjning miqdori 1,8g (56%).
Reaksiya tenglamasi
17-rasm.
Nazorat savollari
Diazo va azobirikmalarga uchtadan misollar yozing.
-naftolaranj sintezi uchun kerakli reaktivlarni formulalarini yozing va reaksiya borish jarayoni ketma-ketligini gapiring.
-naftolaranj sintezi reaksiya tenglamasini yozing.
-naftolaranjni yana qanday reaksiya tenlamalari orqali sintez qilish mumkin?
-naftolaranj sintezi nima uchun sovitilgan sharoitda olib boriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |