Takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini
Download 309.99 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- DASTURINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 2017 — 2027-YILLARDA DAVLAT MUZEYLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASH BO‘YICHA KOMLEKS CHORA-TADBIRLAR DASTURINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- son Farmoni bilan tasdiqlangan ―2017 — 2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturi‖ hamda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Madaniyat va san‘at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ 2017-yil 31-maydagi PQ–3022-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‗rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq; 2017 — 2027-yillarda yangi tashkil etiladigan, qayta tashkil etiladigan va 2018-yilda faoliyati tugatiladigan davlat muzeylari ro‗yxati 2, 2-a va 2-b- ilovalarga muvofiq; 2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlashning manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq; O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muzeylari, ularning filial va bo‗limlari ro‗yxati 4- ilovaga muvofiq. 2. 2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1 bajarilishini muvofiqlashtirish bo‗yicha respublika komissiyasi (keyingi o‗rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. 3. Respublika komissiyasi (A.A. Abduxakimov): (3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son) Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga mas‘ul bo‗lgan davlat va xo‗jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirsin, belgilangan tadbirlarning to‗liq va sifatli bajarilishi monitoringini olib borsin va nazorat qilsin; davlat muzeylarining ishlab chiqiladigan yangi konsepsiyalari, muzey ashyolarini ishonchli saqlash, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat ko‗rsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, interyer, dizayn va landshaft yechimlariga e‘tibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzeyning yo‗nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlasin. Respublika komissiyasiga, zarurat bo‗lganda, O‗zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflariga asosan 2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlashning manzilli dasturiga o‗zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. (3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Download 309.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling