Takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini
Download 309.99 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son) 4. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: 2 davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari bo‗yicha — O‗zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar; davlat muzeylari binolarini mukammal ta‘mirlash va jihozlash ishlari bo‗yicha — O‗zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‗lari; . moddiy madaniy meros obyekti hisoblangan davlat muzeylari binolarini mukammal ta‘mirlash ishlari bo‗yicha — O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan O‗zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga moddiy madaniy meros obyekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablag‗lar; (4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son) imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‗allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida O‗zbekiston Respublikasining 2018-yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‗larni nazarda tutsin. (5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son) O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‗zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda belgilangan davlat 3 muzeylari binolarini mukammal ta‘mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‗larni nazarda tutsin. 6. Belgilab qo‗yilsinki: 2018-yilda Investitsiya dasturi mablag‗lari hisobidan davlat muzeylari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 2019-yildan boshlab qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun mablag‗lar ajratiladi; muzeylarni maqbullashtirish natijasida bo‗shaydigan mablag‗lar muzeylarni mukammal ta‘mirlash va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadlari uchun yo‗naltiriladi. 7. O‗zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasidagi markazlashtirilgan investitsiyalar, O‗zbekiston Respublikasining respublika budjeti, shu jumladan O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan O‗zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga moddiy madaniy meros obyekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablag‗lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash ishlarini bajarish bo‗yicha Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi buyurtmachi etib belgilansin. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22- apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son) 8. O‗zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‗yicha davlat qo‗mitasi Turizm va madaniy meros vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish bo‗yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin. 4 (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22- apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son) 9. Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2018-yil yakuniga qadar har bir tuman va shahar markazlaridagi madaniyat markazlari binosida quyidagilarni yorqin va ta‘sirli aks ettiruvchi hamda muntazam ravishda yangilanib boruvchi ko‗rgazma- ekspozitsiyalarni tashkil etsin: (9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son) tasviriy, amaliy va xalq hunarmandchiligi san‘ati yo‗nalishlarida faoliyat ko‗rsatayotgan, ayniqsa, ushbu hududdagi ijodkorlar asarlari asosida milliy istiqlol, erkin, farovon hayot, an‘anaviy san‘atimiz va qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom tuyg‗ularini uyg‗otadigan ko‗rgazmalar; xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va an‘analari, bugungi jo‗shqin hayot manzaralari, yurtimiz odamlarining siymolari, ularning orzu-intilishlarini har tomonlama chuqur aks ettiradigan badiiy fotoko‗rgazmalar; hududning tarixi, madaniyati, tabiati, odamlarning hayotidagi sifat o‗zgarishlari, barcha jabhalardagi rivojlanishni ifodalovchi ekspozitsiyalar. Ushbu bandda ko‗rsatilgan ko‗rgazma-ekspozitsiyalar Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy konsepsiya va jihozlash talablari asosida tashkil etiladi hamda ularni tashkil etish, saqlash va yangilab borish xarajatlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi. 10. O‗zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarining eskiz loyihasi, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va davlat ekspertizasidan o‗tkazilishini tashkil etsin. 5 (10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son) O‗zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‗mitasi davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta‘mirlash ishlari bajarilishining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‗rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22- apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son) O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent shahar .2017-yil 11-dekabr. 957-son. 6 Download 309.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling