Takroriy ekinlar yetishtirish texnologik xaritasini tyzish. Qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish texnologik kartasi. Reja


Download 0.75 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1031588
Bog'liq
4. Takroriy ekinlar yetishtirish texnologik xaritasini tyzish.


Takroriy ekinlar yetishtirish texnologik xaritasini tyzish.
Qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish texnologik kartasi.


Reja:



  1. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida texoologik kartaniog roli.

  2. Texnologik kartani ishlab chiqish uchun dastiabki ma'lumotlar.

  3. Takroriy ekinlar yetishtirish texnologik xaritasini tyzish









1. Texnologik karta qishloq xo’jalik korxonasining shuningdek ayrim ijara bo’linmalarning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirishda muhim boshlang'ich hujjatdir. Bu hujjatda muayyan qishloq xo’jalik o’simligini etishtirishning texnologik operasiyalari malum ketma-ketlikda aks etdiriladi. U operasiyalarni kafiy tartibini, optimal agrotexnik muddatlarini va fan hamda ilg'or tajribalar hisobga olingan ayrim progressiv operasiyaiarni aniqlaydi.
Texnologik karta ko’rsatilgan ish hajmining bajarish uchun traktor va qishloq xo’jalik mashinalarga boladigan talablarni odamlarning joylarga to'g'ri qo’yilishini, ishlab chiqarishning borishini, moddiy va pul harajatlarini oldindan aniqlashga imkon beradi. Texnologik karta barcha kompleks ishlarning to’liq ruyxati va ketma-ketligini o’z ichiga oladi: agrotexnik talablar, ularning me'yorlari va ishlarni o’tkazish muddatlari, MTA ning rasional tarkibi, ish hajmi uchun MTA ning zaruriy soni, ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur bo’lgan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Texnologik kartalar: istiqbolli-hisobiy, odatda 5 yillik qilib va joriy-rejadagi yil uchun tuziladilar. Istiqbolli karta asosida quyidagi masalalar hal qilinadi: qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning istiqbolli texnologiyasi asoslanadi; muayyan zona va o’simlik uchxm mashinalar sistemasi aniqlanadi; xo’jaliklarning texnikaga bo’lgan talabi aniqlanadi, vaholanki, bu - sanoatda traktor va qishlo" xo’jalik masginalarga bo’ladigan buyurtmalaming shakllanishi uchun zarurdir; zarur bo’lgan kapital mablag' o’lchami aniqlanadi; ish haqi va ishlab chiqarish harajatiari fondini rejalashtirish amalga oshiriladi; ayrim ekinlarning rejali tannarxlarini hisoblash uchun boshlang'ich ma'lumotlar aniqlanadi; eng samarali MTA va ulardan rasional foydalanish aniqlanadi.
Namunaviy hududiy kartalar^ Har bir ekin turi uchun texnologik karta tuzishning murakkab va sermehnatligini hisobga olgan holda xo’jalik mutaxabsislariga yordam sifatida hududda etishtiriladigan ekin uchun namunaviy hududiy texnologyk karta ishlab chiqilgan va nashrdan' chiqazilgan. Bu kartada har bir ish turi bo’yicha parkning rasional tarkibi va boshqa texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha turli variantlar kiritilgan. Shuningdek bu texnologik kartada paxta ekish hududi uchta tuproq-iqlim sharoiti hududiga bo’lingan bo’lib ular asosan kuzgi-qishki va ekish oldi ishlari operasiyalari bilan farq qiladilar.

Birinchi hudud qiyaliklardan iborat chigit uiib chiqishni tabiiy namlikda ta'minlanadigan, nisbatan ko’p miqdorla atmosfera yog'inlari bo’ladigan tog' oldi erlarni o’z ichiga oladi.
Ikkinchi hudud.ozroq qiyalikga ega bo’lgan, atmosfera yog'inlari kam bo'ladiganr natijada qo’shimcha suv qo’ymasdan tabiiy namlikda chigitning normal unib chiqishi ta'minlanmaydigan erlarni o’z ichiga oladi.
Uchinchi hudud tuprogi turli darajada sho’rlangan juda oz qiyalikka ega bo’lgan erlarni o’z ichiga oladi. Chigitning to’liq unib chiqishini ta'minlash uchun sho’r yuvish uchun sug'orish o’tkazishni talab qilinadi. Ushbu namunaviy texnologik kartaga asosan har bir xo’jalik va har bir ijara bo’linmalari uchun mazkur rejadagi yilda har bir etishtirilgan ekinga agrotexnikasining alohidalik xususiyatlarini va ish sharoitlarini hamda texnologik jihozlanganligini hisobga oluvchi aniq texnologik kartlar tuziladi.

Texnologik karta tasdiqlangandan so’ng xo’jalik va bo’linmalarning barcha a'zolari bajaradigan va shungigdek rejali hisoblar o’tkazadigan hujjat bo’lib qoladi.
2. Texnologik kartani ishlab chiqishda muayyan bo’linma uchun quyidagilar boshlang'ich ma'lumot bo’ladi: paykal uzunligi (), joylarning o’rtacha qiyaligi (a), tuproq tavsifi, ishlarni o’tkazishning kalendar muddati, ko’rsatilgan agrotadbir bajariladigan maydon foyizi (Pat); qabul qilingan moddiy sarflar me'yorlari: (uruglar, o’gitlar, zaharli ximikatlar, gerbisidlar, defolyanltar va x. k.) (0), sug'orish sistemalarini ochish yoki tekislash (X), rejadagi hosildorlik (U), o’tish soni (Kut) va ishlov berish soni (Kish). Bundan tashqari xo’jalikda mavjudligi hisobga olingan holda ko’rsatilgan ekinni etishtirish va yig'ishda foydalaniladigan traktorlarning tipi hamda ashyolarni tashish va qishloq xo’jalik mahsulotlarini eltish masofasi () ko’rsatiladi. Ushbu ma'lumotlardan hamda ko’rsatilgan bo’linmaning qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish va yig'ishtirish bo’yicha namunaviy texnologik kartasidan foydalangan holda mana shu mazkur bo’linma yoki xo’jalik uchun etarli darajada aniq (konkret) texnologik karta ishlab chiqish mumkin.


Adabiyotlar:
1.Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo’jaligi mashinalari. Toshkent, O’qituvchi 2002Y.
2.A.I. Komilov, Q.A. Sharipov, N.T. Umirov, I.M.Marupov, R.T. Rustamov Traktor va avtomobillar. Toshkent «Talkin» -2003.(lotin alifbosida)
3.F.B.Yevdokimov Umumiy elektrotexnika T.O’qituvchi.1995.
4.N.I.Vershagin i dr. Organizasiya i texnologaya mexanizirovannыx rabot v rastenivodstve, Ucheb, posb № IRPO; Izd.sentr «Akademiya», 2000
5.E.Oyxo’jayev, X.Qo’shnazarov «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini mexanizasiyalash» Toshkent «Mehnat», 1988.
Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling