Тактик медик


Havo o‘tkazgich nayni kiritish


Download 1.13 Mb.
bet8/13
Sana22.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1380613
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4. Парамед. 5 мавзу - лотин - 09.04.23

Havo o‘tkazgich nayni kiritish

a – havo o‘tkazgich nayni tashqi ko‘rinishi

b – havo o‘tkazgich nayni kiritish va uni burash

c – havo o‘tkazgich buralgandan keyingi holati



Havo o‘tkazgich nayi aylanma harakatlar qilingan holda og‘iz bo‘shlig‘iga kiritiladi.
Og‘izga kiritilgan havo o‘tkazgich osonlikcha joyidan siljib chiqib ketish mumkinligi sababli uni doim kuzatib turish kerak.
Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi tiklangandan so‘ng nafas olish baholanadi. Buning uchun kasal o‘ng yoki chap yoniga tiz cho‘kib o‘tiriladi. Yordam beruvchinig boshi bemorning yuziga yaqinlashtiriladi. Bunda quloq bemorning og‘iz-burnisohasiga yaqinlashtiriladi, ko‘z nigohi bemorning ko‘krak qafasiga qaratiladi.shunday holatda “Ko‘raman, eshitaman va his etaman (sezaman)” qoidasi bo‘yicha ko‘krak qafasida va qorinda nafas harakatlari mavjudligi baholanadi, og‘izdan (burundan) chiqayotgan nafas shovqini eshitiladi va quloq, yuz terisi orqali chiqarilayotgan nafas tafti his etiladi.
Mustaqil ravishda nafas olish bo‘lmaganda, vrach-reanimatolog yetib kelgunga qadar o‘pkalarni sun’iy ventilyatsiyasini amalga oshirib turiladi. Kasalga ixtisoslashtirilgan yordam qancha tezlik bilan ko‘rsatilsa, uning oqibati shuncha muvaffaqiyatli bo‘ladi.


Hozir jahon bo‘yicha qabul qilingan ABC dasturi (jonlantirish alifbesi) qat’iy ketma-ketlikda, ilmiy asoslangan davolash muolajalarining yig‘indisidir. Uning eng katta afzalligi oddiyligi va aholiga qulayligidir.
ABC dasturi bo‘yicha jonlantirish qat’iy ketma-ketlikda o‘tkaziladigan 3 usuldan iborat:
A. Birinchi navbatda nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash zarur. Buning uchun bemor orqasiga (chalqancha) yot, og‘izqiziladi, bosh maksimal orqaga engashtiriladi, pastki jag‘ esa oldinga chiqaziladi, og‘iz ochiladi (Safar uchligi). Shundan so‘ng barmoq bilan (dastrumolga o‘rab) og‘iz bo‘shlig‘i aylanma harakat qilib tekshiriladi va yot moddalardan, qusuq massalaridan va shilimshiqdan tozalanadi. Bular tez, lekin jarohat yetkazmasdan ehtiyotkorlik bilan o‘tkaziladi.
B. Sun’iy nafas oldirish: og‘izdan og‘izga yoki og‘izdan burunga. Agar yurak faoliyati to‘xtamagan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish mustaqil nafas tiklangunga qadar davom etadi. Nafas to‘xtashiga tezda yurak to‘xtashi qo‘shiladi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling