Тактик медик
Download 1.13 Mb.
|
4. Парамед. 5 мавзу - лотин - 09.04.23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reanimatsiya
5- MAVZU. YuRAK O‘PKA REANIMATSIYaSI 1 o‘quv savoli. Terminal holatlar. Yurak-o‘pka reanimatsiyasi. Yurak va o‘pka faoliyatining to‘xtashidan keyin yuzaga keladigan organizmning o‘ziga xos holati klinik o‘limdir, bu bosh miya po‘stloq hujayralarining kislorodsiz va oziq moddalarsiz, ya’ni ekstremal sharoitdagi yashash vaqti hisoblanib, tashqi muhit haroratiga bog‘liq holda o‘rtacha 3-5 daqiqa davom etadi. Shundan kelib chiqib reanimatsiya so‘zining mazmun mohiyati - qayta tiriltirish - bu bosh miya po‘stloqi hujayralarining faoliyatini, ya’ni ong, es-hushni qayta tiklash deganidir. Ya’ni, agar o‘tkazilgan reanimatsion chora-tadbirlardan keyin kasal hushiga kelmasa, u tirilgan hisoblanmaydi. Aynan bosh miya po‘stloq funksiyasini tiklash bugungi kundagi reanimatologlarning asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi. Shunday qilib, reanimatsion chora-tadbirlar faqat klinik o‘lim holatidagina, ya’ni 3-5 daqiqa oralig‘ida samarali bo‘lishi mumkin. Demak, klinik o‘lim bu aynan bosh miya hujayralarining yashash vaqti hisoblanadi. Reanimatsiya – odam organizmining hayotiy zarur faoliyatlarini tiklash tadbirlaridir. Reanimatsiyani nafas harakati va yurak faoliyati to‘xtaganda yoki bu ikkala faoliyat organizm talabini qondira olmaydigan darajagacha kamayganda o‘tkaziladi. Hayotiy muhim organlar (bosh miya, yurak-qon tomir, nafas olish organlari) har qaysiga yetkazilgan jarohat tezda o‘limga olib keluvchi sabab hisoblanib, agarda tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa odam organizmining qaytmas holati, ya’ni o‘limga olib kelishi mumkin. Bular hammasi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan tizimdir. Bosh miya zararlanganda (bosh miya barcha organlarni boshqaradigan markaz) organizmning boshqa organ va sistemalarining faoliyati (eng asosiysi yurak va o‘pka faoliyatini boshqara olmasligi tufayli) to‘xtaydi. Yurak va yirik qon tomirlari jarohatlanganda yurak urishining to‘xtashi, qisqa vaqtda ko‘p miqdorda qon yo‘qotilishi va buning natijasida hayotiy muhim a’zo – bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi to‘xtaydi. Nafas olish organlarining jarohatlanishi natijasida boshqa organlar va to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishining buzilishi shok holatining rivojlanishiga, keyinchalik esa o‘limga olib kelishi mumkin. O‘lim sodir bo‘lish mexanizmi murakkab bo‘lib, u bosqichma-bosqich ro‘y bermaydi, o‘lim oldi – terminal holat davrida bo‘ladigan o‘zgarishlarni orqaga qaytarish mumkin. Organizmning yetarlicha qarshilik qilish xususiyati borligi va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam tufayli terminal holatdagi o‘zgarishlarni bartaraf etish mumkin. Terminal holatda agoniya va klinik o‘lim farq qilinadi. Shok - jarohatlanishlarda o‘ta xavfli holatlardan biri hisoblanadi. U kuchli og‘riq natijasida asab tizimi funksiyasining buzilishi va hayotiy muhim organlar faoliyati ishdan chiqish kompleksini namoyon qiladi. Travmatik va postgemorragik shokning kechishiga jarohatning xarakteri, og‘irligi, kengayishi va bulardan kelib chiqadigan asoratlar qat’iy ta’sir ko‘rsatadi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling