Talab va taklif elastikligi
Download 1 Mb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elastiklik va chiziqli talab egri chizig’i bo’ylab umumiy daromad
Umumiy daromad. Xaridorlar tomonidan to’langan barcha to’lovlar sotuvchilar uchun daromad hisoblanib, talab egri chizig’I ostidagi chegaraga teng bo’ladi, ya’ni PxQ. Bu yerda mahsulot narxi 4 $ va unga talab hajmi 100 tani tashkil etib, umumiy daromad 400 $ ni tashkil etadi.
Elastiklik va chiziqli talab egri chizig’i bo’ylab umumiy daromadKeling elastiklikning 4-rasmda ko’rsatilgandek talab egri chizig’i bo’ylab qanday o’zgarishini tekshirib ko’ramiz. Biz bilamiz to’g’ri chiziq o’zgarmas qiyalikka ega. Qiyalik “muddat o’tgan sari o’sish” deb belgilanadi, ya’ni narxdagi o’zgarishning (o’sish) miqdordagi o’zgarishga (muddat) nisbati. Bu alohida olingan talab egri chizig’ining qiyaligi o’zgarmasdir, chunki narxdagi har 1 dollarning o’sishi talab miqdoridagi bir xil 2 birlik kamayishiga sabab bo’ladi. Chiziqli talab egri chizig’ining qiyaligi o’zgarmas bo’lsa ham, elastiklik bunday emas. Bu to’g’ri,chunki qiyalik 2 ta o’zgaruvchidagi o’zgarishlarning nisbati, elastiklik esa 2 ta o’zgaruvchidagi foiz o’zgarishlarining nisbati. Buni siz 4-rasmdagi jadvaldan ko’rishingiz mumkin. Jadval talabning narx elastikligini hisoblashda o’rta nuqtalar usulidan foydalangan. Past narx va ko’p miqdor uchrashgan nuqtada talab egri chizig’i noelastik. Yuqori narx va kam miqdor uchrashgan nuqtada talab egri chizig’i elastik. Jadvalda, shuningdek, talab egri chizig’idagi har bir nuqtada umumiy daromad ko’rsatilgan. Bu sonlar umumiy daromad va elastiklik o’rtasidagi aloqadorlikni bildiradi. Masalan, narx 1$ bo’lganda, talab noelastik va narxning 2$ ga ko’tarilishi umumiy daromadni oshiradi. Narx 5$ bo’lganda, talab elastik va narxning 6$ ga ko’tarilishi umumiy daromadni qisqartiradi. 3$ va 4$ orasida, talab birga teng elastik bo’ladi va bu ikki narxda umumiy daromad bir xil bo’ladi. 3.3-rasmda, narx o’zgarganda umumiy daromad qanday o’zgarishi keltirilgan. Narx o’zgarishining umumiy daromadga ta’siri (mahsulot miqdori va narx) talab elastikligiga bog’liq. a chizmada takab egri chizig’i noelastik. Bunday holatda narxning oshishi, kichik miqdorda talab hajmining kamayishiga olib keladi shuning uchun jami daromad oshadi. Bu yerda narxning 1 $ dan 3 $ ga ko’tarilishi talab hajmining 100 da 80 ga pasayishiga sabab bo’lgan. Jami daromad 100 $ 240 $ ga ko’tarilgan. b chizmada talab egri chizig’i elastik. Bunday holatda narxning oshishi talab hajmining ko’proq kamayishiga olib keladi. Bu yerda narxning 4 $ dan 5 $ ga ko’tarilishi talab hajmining 50 dan 20 ga pasayishiga sabab bo’lgan. Jami daromad 200 $ dan 100 $ ga kamaygan. (a) Talab noelastik bo’lgan holat. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling