Talab va taklif elastikligi
Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari
Download 1 Mb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaqin o’rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi.
- Zaruriyat hashamatga qarshi.
- Bozor tavsifi.
- Vaqt birligi.
Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilariTovar narxining pasayishi unga bo’lgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. Talabning narx elastikligi narx o’zgarganda talab qanday o’zgarishini ifodalaydi. Biror mahsulotga bo’lgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi o’zgarishga sezilarli ravishda javob qaytarsa. Biror mahsulotga bo’lgan talab noelastik bo’ladi, agar talab miqdori narxdagi o’zgarishlarga birozgina javob qaytarsa. Har qanday mahsulot uchun talabning narx elastikligi o’sha mahsulotning narxi oshganda iste’molchilarning haridi qanday ekanligini hisoblaydi. Shunday qilib, elastiklik iste’molchi xohishlarini shakllantiradigan ko’plab iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarda aks etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz talabning narx elastikligini nima aniqlab berishi haqida bir necha umumiy qoidalarini bayon qilamiz. Yaqin o’rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O’rnini bosuvchisi bor bo’lgan tovarlar ko’proq elastik talabga ega, chunki bir tovar o’rniga boshqasini sotib olish iste’molchilar uchun osonroq. Masalan, saryog’ va margarin bir-birini o’rnini bemalol bosadi. Margarin narxi o’zgarmaganda saryog’ narxining biroz ko’tarilishi saryog’ning sotilish miqdori tushushiga sabab bo’ladi. Bunga zid holda, tuxumning o’rnini bosadigan tovar bo’lmagani uchun tuxumga bo’lgan talab saryog’ga nisbatan kamroq elastik bo’ladi. Zaruriyat hashamatga qarshi. Zaruriyatga bo’lgan talab odatda noelastik bo’ladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga tashrif buyurish narxi oshgan vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin yelkanli qayiq narxi oshsa, unga bo’lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki odamlar shifokorga zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat hisoblanadi. Albatta, tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki xususiyatlariga bog’liq emas, balki haridorlarning xohishiga bog’liq. Sog’lig’iga kamroq munosabatda bo’lgan dengizchi uchun yelkanli qayiq talab elastikligiga ega bo’lgan zaruriyat bo’lishi mumkin va shifokorga borish elastik talabga ega bo’lgan hashamat bo’lishi mumkin. Bozor tavsifi. Har qanday bozor talab elastikligi bozor chegaralarini qanday chizishimizga bog’liq. Tor doirada aniqlangan bozor keng doirada aniqlanganidan ko’ra elastikroq talabga ega, chunki tor doirada aniqlangan tovarlar uchun birbirini o’rnini bosuvchi tovarlar topish oson. Misol uchun, oziq-ovqat noelastik talabga ega, chunki oziq-ovqatning o’rnini bosadigan tovar mavjud emas. Muzqaymoq elastik talabga ega, chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa ham bo’ladi. Vanillin muzqaymog’i juda ham elastik talabga ega, chunki muzqaymog’ning ko’plab boshqa tamlilari uning o’rnini bosadi. Vaqt birligi. Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda ko’proq elastik talabga ega bo’lishadi. Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga bo’lgan talab miqdori biroz kamayadi. Lekin, vaqt o’tgan sayin, odamlar yoqilg’i tejaydigan mashinalar sotib olishadi, jamoa transportidan ko’proq foydalanishadi va ish joylariga yaqin joyga ko’chishadi. Bir necha yil ichida benzinga bo’lgan talab sezilarli darajada tushadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling