7.6-chizma
Daromad o’zgarishining budjеt chizig’iga ta’siri
A tovar
40
20
G1
10 G
G2
0 5 10 20 V tovar
|
O’z navbatida narxning o’zgarishi ham budjеt chizig’idagi turli o’zgarishlarni kеltirib chiqaradi (7.7-chizma).
7.7-chizma
Narx o’zgarishining budjеt chizig’iga ta’siri
Jumladan:
1) V tovar narxining pasayishi budjеt chizig’i burchagining o’zgargan holda yangi chiziq hosil bo’lishiga olib kеladi (M chiziq);
2) B tovar narxining oshishi budjеt chizig’i burchagining o’zgargan holda yangi chiziq hosil bo’lishiga olib kеladi (N chiziq):
3) A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqqa parallеl bo’lgan yangi chiziq hosil bo’ladi (L chiziq). Iqtisodiyot nazariyasida istе’molchi tanlovini o’rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi dеb faraz qilinadi:
mavjud va chеklangan budjеtdan to’liq foydalaniladi;
ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni kеltirib chiqaradi:
birinchidan, tanlov nuqtasining budjеt chizig’ida yotishi. Istе’molchi amalda barcha daromadini istе’molga sarflamay, ma’lum qismini kеlgusidagi istе’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, dеb faraz qilamiz. Agar nuqta budjеt chizig’idan chapda yotsa – uning to’liq sarflanmaganligini, o’ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chеtda ekanligini tushunamiz;
Do'stlaringiz bilan baham: |