Talab va taklif


Download 24.63 Kb.
bet2/4
Sana02.02.2023
Hajmi24.63 Kb.
#1146260
1   2   3   4
Bog'liq
Referat

Daromad omili.Odamlartovarni arzon narxda qimmat narxdagiga araganda ko‘proq sotib olishga ishtiyoqmand bo‘lishadi, chunki tovar narxining pasayishi is te ’molchilarning xarid qobiliya tini oshiradi. Masalan, bozorda go‘sht narxi tushsa, odamlar oldin xarid qilayotgan oilaning isteʼmol savatidagi narsalarni kamroq pul sarflab sotib olishadi. Natijada, qanchadir pul ortib qoladi. Bu pulga qo‘shimcha miqdorda yana go‘sht yoki boshqa tovarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Almashtirish omili. Xaridorlar narxi qimmat bo‘lgan tovarni, uning o‘rnini bosadigan boshqa arzon tovarga almashtirishadi. Masalan, yoz kunlarida olma narxining pasayishi bois isteʼmolchilar mevaga bo‘lgan ehtiyojlarini olma sotib olib isteʼmol qilish bilan qondirishadi. Chunki, bu davrga kelib olma narxi apelsin yoki banan narxiga nisbatan ancha arzon bo‘lib qoladi. Shuning uchun qimmat apelsin va banan o‘rnini olma egallaydi.
Taklif — tovar narxi va taklif miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, sotuvchilarning muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda qancha miqdorda sotish mumkinligi haqidagi xohish va imkoniyatlarini aniqlaydi. Taklif miqdori — sotuvchilarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda sotishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori. Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning daromad va foyda olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.
Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Masalan resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.
Talab va taklif elastikligi
Ma′lumki tovarga bo`lgan talab, uning narxiga, iste′molchi daromadiga va boshqa omillarga bog`liq. Xuddi shuningdek, taklif ham tovar narxi, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa omillarga bog`liq. Elastiklik - bir o`zgaruvchining boshqa bir o`zgaruvchi ta′siri ostida o`zgarishini o`lchaydigan o`lchov. Aniqroq qilib aytganda, biror o`zgaruvchining bir foizga o`zgarishi natijasida boshqa bir o`zgaruvchining ma′lum foiz miqdoriga o`zgarishini ko`rsatadigan ko`rsatkichdir. Bunga eng yaqqol misol sifatida narxga bog`liq talab elastikligini keltirish mumkin.
Tаlаb qоnunigа аsоsаn istе′mоlchilаr nаrх аrzоnlаshuvi tа′siridа ko`prоq tоvаr хаrid qilishgа mоyil bo`lаdilаr. Аmmо, istе′mоlchilаr tаlаbining nаrх o`zgаrishigа munоsаbаti tоvаrning хususiyatigа ko`rа turlichа bo`lishi mumkin. Аyrim tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishigа nisbаtаn istе′mоlchilаrning sеzuvchаnligi yuqоri bo`lаdi vа nаrхdаgi оzginа o`zgаrishlаr tа′siridа tоvаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоri sеzilаrli dаrаjаdа o`zgаrаdi. Оdаtdа qimmаtbаhо buyumlаr nаrхigа nisbаtаn istе′mоlchilаr tаlаbining sеzuvchаnligi yuqоri bo`lаdi. Mаsаlаn, yеngil аvtоmоbillаr nаrхining оshishi ungа bo`lgаn tаlаbning sеzilаrli qisqаrishigа оlib kеlаdi. Bundаy tоvаrlаrgа bo`lgаn elаstik tаlаb dеyilаdi.

Download 24.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling