2021-YIL UCHUN USHBU FOIZ STAVKALARI QUYIDAGICHA O’ZGARTIRILDI: 2020 yil uchun ushbu stavkalar «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonuni bilan belgilangan edi.
Aksiz solig‘i
Aksiz solig‘i bo‘yicha import va ishlab chiqarish uchun aksiz solig‘i aksariyat stavkalarini tenglashtirish nazarda tutiladi. Shu bilan birga, mutlaq miqdorda belgilangan aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiya qilingan (2020 yil 1 apreldan ularning nazarda tutilgan indeksatsiyasini bekor qilinganini hisobga olgan holda).
Shu munosabat bilan, aksiz solig‘i stavkalari 2021 yil 1 fevraldan boshlab indeksatsiya qilinmoqda. Bunda, alkogolli mahsulotlar, shu jumladan pivoga, shuningdek tamaki mahsulotlari uchun 2 bosqichda: 2021 yil 1 fevraldan boshlab — 2020 yilda ularni indeksatsiya qilinishi rad etilganligini hisobga olgan holda, hamda 2021 yil 1 sentyabrdan — o‘rtacha 7,5 foizga indeksatsiya qilinmoqda.
Yer solig‘i
Yer solig‘i bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun, respublika hududlari kesimida mutlaq kattalikda, ularni 15 foiz indeksatsiya qilinishini hisobga olgan holda, bazaviy soliq stavkasi belgilanmoqda.Qishloq xo‘jaligiga mo‘lljanlanmagan yerlar uchun yer solig‘i stavkalarini har yillik koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda Soliq kodeksidindeksatsiya qilinishi stavkalar mutlaq kattalikda (so‘m) belgilanganligi bilan izohlanadi va yer solig‘ining byudjet umumiy tushumlaridagi ulushini saqlab qolishga imkoniyat beradi.
Bunda, soliq stavkalarining aniq miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning nufuzli tuman va iqtisodiy rivojlanishiga qarab oshiruvchi va kamaytiruvchi a belgilangan stavkalar asosida aniqlanadi.
Yer va mol-mulk solig‘i
Qonun loyihasida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha kamaytirilgan stavkaning 0,2 dan 0,4 foizgacha va alohida ob’ektlar va yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxslarning yer solig‘i stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koyeffitsiyentning 0,1 foizdan 0,25 foizgacha oshirilishi nazarda tutilmoqda.
Bu ularni mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining bazaviy stavkaga bosqichma-bosqich yetkazish imkonini beradi.
Moliya vazirligining eslatib o‘tishicha, mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytirilgan stavka va yer solig‘i stavkalariga kamaytiruvchi koeffitsiyent avval soliq imtiyozlari berilgan ob’ektlarga nisbatan 2020 yil 1 yanvardan kiritildi. Ushbu choralar ko‘chmas mulk ob’ektlaridan samarali va oqilona foydalanish, shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini to‘liq hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |