2021 yilda soliq siyosati qanday bo‘ladi — Moliya vazirligi loyihasi.
2021 yilga mo‘ljallangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalarini saqlab qolish, aksiz solig‘i, yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini Soliq kodeksiga kiritish, 73 xil tovarga aksiz solig‘ini bekor qilish, eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa choralar ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan. Moliya vazirligining xabar berishicha, 2021 yilgi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida QQS (15%), foyda solig‘i (15%, alohida toifalar uchun 20%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12%), yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i (2%), qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i (0,95%), ijtimoiy soliq (xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar — 12% va byudjet tashkilotlari — 25%), aylanmadan olinadigan soliq (bazaviy stavka 4%) stavkalarini saqlab qolinishi nazarda tutiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |