Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq stavkasi soliq to‘lovchilarning toifalari kesimida, shuningdek belgilangan maqsadlarda ishlatiladigan suv hajmi qismida belgilanmoqda, bu soliqni hisoblab chiqarish maqsadida har xil maqsadlar uchun ishlatiladigan suv resurslari hajmining hisobini alohida yuritishni taqozo etadi. Ushbu chora-tadbirlar suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq stavkalari 15% ga, ushbu stavkalarni sanoat korxonalari uchun belgilangan yagona soliq stavkasiga bosqichma-bosqich yetkazish maqsadida, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun 30 foizga indeksatsiya qilinmoqda. Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil darajasida saqlab qolinmoqda, qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun ishlatiladigan suv hajmi va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish), shu jumladan dehqon xo‘jaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha esa 1 kub metri uchun 40 so‘m yagona soliq stavkasi belgilanmoqda.
Ijtimoiy soliq
Pensiyalarni hisoblash tartibini soddalashtirish maqsadida jismoniy shaxslarning ayrim toifasi uchun ijtimoiy soliq stavkalarini unifikatsiya qilish taklif etiladi.
Shunday qilib, Qonun loyihasida o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, «Usta-shogird» maktablari o‘quvchilari — ular 25 yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davri, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga kamida 1 bazaviy hisoblash miqdorida ijtimoiy soliq tulanishini nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |