Talaba-amaliyotchilar uchun metodik qo'llanma book · February 021 citations reads 26,422 author
Download 238.96 Kb. Pdf ko'rish
|
metodichka
HUQUQ
VA VAZIFALARI Talabalar pedagogik amaliyot davrida xohlagan masala bo’yicha pedagogika institutining pedagogik amaliyot va maktab rahbariyatiga, o’quv o’rni o’qituvchilariga murojaat qilishi, o’quv – tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish, amaliyotning tashkiliy masalalari bo’yicha tavsiyalar berish, o’quv muassasalaridagi bolalar va o’smirlar, yoshlar va kasaba uyushmalarining konferentsiya va yig`ilishlariga qatnashish, kutubxona, fan kabinetlaridan va mavjud o’quv-uslubiy qurollardan foydalanish huquqiga ega. Oliy pedagogika ta`lim muassasasining talaba amaliyotchilari pedagogik amaliyot jarayonida: -pedinstitutning (peduniversitetning), fakul`tetning pedagogik amaliyot bo’yicha rahbari, guruh rahbari, metodistlar, pedagogika va psixologiya o’qituvchilari, maktab rahbariyati va o’qituvchilarning topshiriqlarini ma`suliyat bilan bajarishga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidasini qat`iuan saqlashga, kamtarinlik, tashkilotchilik, tartib-intizom, odoblilik va mehnatsevarlilik namunasi bo’lishiga; - pedagogik amaliyot dasturlarida ko’rsatilgan barcha vazifalarni bajarishga, bolalar bilan o’tkaziladigan quv-tarbiyaviy ishlarning tashkil qilinishi va uyushtirilishiga puxta tayyorlanishga, ularning reja va dasturlarini, konspektlarini tuzishga , uni o’qituvchi, sinf rahbari va uslubiyotchiga tasdiqlatishga; - dars jadvaliga muvofiq barcha o’quv tarbiyaviy ishlariga va ularning tahliliga faol qatnashishga, ma`lum sifatda amaliyot kundaligini yuritish va amaliyot yakunida guruh rahbariga hisobot berishi va amaliyot bo’yicha sinov topshirishi shart. Yuqorida e`tirof etilgan talablarni bajarmagan amaliyotchi pedagogik amaliyotdan chetlashtiriladi. Pedagogik amaliyotdan chetlashtirilgan yoki pedagogik amaliyot davridagi faoliyati uchun noloyiq baho olgan talaba ushbu semestrdagi o’quv rejasini bajarmagan hisoblanadi. Fakul`tet (Institut) kengashi qarori bilan unga o’qishdan uzluksiz ravishda takror pedagogik amaliyot belgilanadi . Download 238.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling