Talaba-amaliyotchilar uchun metodik qo'llanma book · February 021 citations reads 26,422 author
Ona tili va adabiyoti darslarini kuzatish va tahlil qilishning
Download 238.96 Kb. Pdf ko'rish
|
metodichka
6.2. Ona tili va adabiyoti darslarini kuzatish va tahlil qilishning
pedagogik namunasi 1. Dars mavzusi va turi (dars turini to’g`ri tanlash); 2. Darsning maqsadi (ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, uning umumdars sistemasida tutgan o’rni); 3. Darsning jihozlanishi (foydalaniladigan darsliklar , o’quv-metodik qo’llanmalar, gazeta, jurnallar, ko’rgazmali va texnik vositalar ); 4. O’quvchilarni, sinf xonasini, o’quv jihozlarini darsga tayyorlash, sinfdagi tartib intizom ; 5. Uy vazifasini tekshirish usullari (umumiy nazorat,tabaqalashtirilgan, o’z-o’zini tekshirtirish, o’zaro tekshirtirish), o’tilganlarni o’quvchilarga eslatish; 6. O’qituvchining o’quvchilarga bergan og`zaki va yozma savollarining aniqligi, tushunarliligi , mazmundorligi. Savollarga to’liq javob olishga intilishi (tirishqoqligi); 7. O’quvchilarning nutq madaniyati, og`zaki va yozma savollarga aniq , mazmunli, ijodiy yondashgan holda javob berishi; 8. O’quvchilar bilimini odilona baholashi, tanqidiy va rag`bat nuqtai nazaridan yondashuvi; 9. Reyting baho to’plashi, dars so’rashi, uy vazifasini so’rashda uddaburonligi; 10. O’tilganlarni xulosalashi va uni yangi mavzu bilan bog`lashi; 11. Yangi mavzuni o’rgatishning maqsad va vazifalarini aniqlashi; 12. Yangi mavzuni bayon qilish chevarligi , mohirligi, so’zga chechanligi, go’zal nutqi, asar ilmiy g`oyasining yoritilishi , yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashi; 13. Yangi bilimning respublika va dunyo madaniyati, fan-texnikasi bilan aloqadorligini ta`minlashi; 14. Bilimni muammoli bayon qilishi, muammoli vaziyat yaratishi va ularni o’quvchilar bilan birgalikda уechishi; 15. Darsda o’quvchilarning mustaqil, og`zaki , yozma, amaliy va ijodiy ishlarini tashkil qilishi; 16. O’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirish darajasi; 17. O’quvchilarning darsda o’zlarini erkin his qilishlari, mustaqilligi, faolligi, tartibi; 18. O’qituvchining vaqtdan unumli foydalanishi ; 19. Ko’rgazmali va texnik vositalardan o’rinli foydalanishi; 20. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabat odobi; 21. O’qituvchi foydalangan metod va usullarning maqsadga muvofiqligi; 22. Uy vazifasini berish me`yoriga amal qilishi; 23. Vazifa va topshiriqlarni bilimga mos holda berishi; 24. O’qituvchining sinf jamoasi, va o’quvchilar bilan alohida ishlash layoqati; 25. O’qituvchining darsni insoniylashtirish va demokratiyalashtirish layoqati; 26. O’qituvchining darsni xulosalashi; 27. Dars reja-konspektining sifati; 28. Darsning umumiy bahosi, dars sifatini yangilash va samaradorligini oshirish yuzasidan maslahatlar. Download 238.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling